O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental Kutubxonasi

KITOBXONLARGA XIZMAT KO’RSATISH BO’LIMI

Bo‘lim kutubxonaning asosiy yuzi hisoblanadi. Aynan shu bo‘lim orqali kitobxonlarga beminnat malakali xizmat ko‘rsatiladi, kerakli maslahatlar va tavsiyalar beriladi. Xizmat ko’rsatish vaqtida xodimlardan muomala madaniyati , zukkolik va hozir javoblik talab etiladi.Bo‘lim kitobxonlarga ilmiy adabiyotlar abonementi, dissertatsiya va avtoreferatlar zali, vaqtli matbuot qiroatxonalari hamda yangi adabiyotlar ko’rgazmasi zali orqali xizmat ko‘rsatadilar. Kutubxonaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan noyob adabiyotlar fondiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi javobgar va yangi olingan adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish ham shu bo‘lim zimmasidadir.   Kutubxonalararo abonement shu’basi xizmat ko’rsatish bo’limining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu’baning asosiy vazifasi shahrimizdagi va boshqa shaharlardagi abonementlarning kutubxonamiz fondidan foydalanishlari,  hamda kitobxonlarni kutubxona fondida bulmagan adabiyotlar bilan taminlash uchun xizmat kiladi. Bu xizmatlar shartnoma asosida olib boriladi.  Bundan tashqari bo‘lim kitobxonlarni talab va qiziqishlarini o‘rgangan holda turli xil tadbirlar o‘tkazadilar. Kitobxonlar talablari asosida kutubxona fondlariga qanday adabiyotlarni jamlash haqida o‘z tavsiyalarini beradilar. O‘quv zallari javonlariga jamlangan ensiklopediyalar, lug‘atlar, darsliklar va jurnallar jamlanmasi ham muntazam ravishda bo‘lim xodimlari tomonidan yangilanib turiladi.