O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental Kutubxonasi
KITOBLARNI JAMLASH  BO‘LIMI

Bo‘lim 1934 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kutubxona fondini tabiiy va ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar bilan to‘ldirish, ularni hisobga olish va hisobdan chiqarish, yangi olingan adabiyotlarni elektron katalog uchun boshlang‘ich tasnifini yaratish ishlarini olib boradi. Shuningdek, vaqtli matbuot nashrlariga obuna bo‘lish, ularni o‘z vaqtida qayd etish va kutubxona bo‘limlariga tarqatish ishlari ham shu bo‘lim zimmasiga yuklatilgan.Asosiy kutubxona bugungi kunda 40 ta Mamlakatning 135 ta tashkiloti bilan keng qamrovli kitob ayriboshlash ishlarini olib boradi. Kitoblarni jamlash bo‘limi yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlarning 34 tasi bilan kitob ayirboshlash va hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar. Ayirboshlash va rezerv kitoblar zahirasi ham shu bo‘lim tarmog‘ida. Bo‘lim xodimlari kitob fondlari bo‘yicha tashkil etilgan seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

ADABIYOTLARGA ISHLOV BERISH BO‘LIMI

Adabiyotlarga ishlov berish bo‘limi kataloglarni tashkil etish zaminida 1934 yilda tashkil etilgan.Ushbu bo‘limda kitoblarga ishlov berish, kitoblarni elektron katalogga kiritish, an’anaviy va elektron kataloglarni tahrir qilish ishlari olib boriladi. Jumladan adabiyotlarni ilmiy jihatdan sistemalashtirish, sistemali katalogni tahrir etish ishlari joriy qilingan. 1994 yildan boshlab bo‘limda kitoblar va jurnallarni «IRBIS» programmasiga kiritish boshlandi. Shu bugunga qadar bo‘lim shu programma asosida doimiy faoliyat yuritib keladi. Bu bo‘lim 190 ming bibliografik yozuvdan iborat kutubxona elektron katalogi uchun ham mas’uldir.

CHET EL ADABIYOTLARI BO’LIMI

Chet el adabiyoti bo‘limi 1966 yilda tashkil topgan. Bo‘lim chet el adabiyotlarini jamlash, saralash va Respublikada chop etilgan adabiyotlar asosida ayriboshlash ishlarini olib boradi. Uzoq chet el davlatlarining 26 tasidagi 101 tashkilotlar bilan muntazam ravishda ekvivalent asosida kitob ayriboshlash ishlarini olib boradi. Bo‘lim xodimlari chet el adabiyotlari asosida tashkil etilgan ko‘rgazmalarni muntazam yangilab, to‘ldirib borish ishlarini ham amalga oshiradilar. Olim va doktorantlarga ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatish bilan birga tegishli uslubiy yordamlarini ham berib boradilar.

ILMIY — BIBLIOGRAFIYA BO’LIMI

1963 yilda tashkil etilgan. U o‘ziga xos yo‘nalishda kitobxonlar talablariga javob bergan holda faoliyat yuritadi. Ilmiy-bibliografiya ishlari, yani bibliografik ko‘rsatkichlar, Fanlar akademiyasi olimlarining bibliografiyalarini tuzish va og‘zaki malumotlar tayyorlash, bibliografik malumotlar yig‘ish ishlarini amalga oshiradi. Bo‘lim ko‘plab aspirant va olimlarning ilmiy izlanishlariga yaqindan yordam berib kelmoqda. Shuningdek har xil mavzuidagi ko‘rgazmalarni tashkil etish, yangi olingan adabiyotlarning byulletenini nashrga tayyorlash va kutubxona bosmaxonasida nashr etish kabi vazifalar ham ushbu bo‘lim zimmasidadir.  Bo‘lim xodimlari yangi olingan matbuot nashrlari bilan ham ishlaydilar. Yani maqolalarni tahlil etib ular haqidagi bibliografik malumotlarni tavsiflab boradilar. Juda ko‘plab bibliografik qo‘llanmalarni aynan shu bo‘lim nashrga tayyorlaydi.Kutubxona har chorak «Yangi olingan adabiyotlar» byulletenini tayyorlaydi, «O‘zbekiston olimlari» turkumidan biobibliografik va turli mavzularda bibliografik ko‘rsatkichlar chiqaradi. Turli tashkilot va kitobxonlarning buyurtmalariga asosan murakkab og‘zaki va yozma ma’lumotnomalar tayyorlaydi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi olimlarining chet el davlatlarida nashrdan chiqqan asarlarining ko‘rgazmasi tashkil etilgan, «Mustaqil O‘zbekiston», «O‘zbekiston Respublikasining qonuni va qarorlari», «O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning asarlari», «Mustaqillik davrida O‘zbekiston olimlarining chet ellarda chop etilgan nashrlari» kabi bir qator an’anaviy kartotekalar kitobxonlar hizmatida va ular doimo to‘ldirilib turiladi.

ZAXIRALAR BO’LIMI (FOND)

Fondlar bo‘limi kutubxona tashkil topgandan boshlab 1983 yilgacha kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limining sektori sifatida ish olib borgan. 1983 yilga kelib esa kutubxon fondining hajmi ko‘payishi hisobiga xodimlar soni ortib bordi va shu yildan boshlab alohida bo‘lim sifatida faoliyat yurita boshladi.Boshqa bo‘limlarga nisbatan fondlar bo‘limining  zimmasidagi mas’uliyat ancha yuqoridir. Chunki, aynan shu bo‘lim kutubxonaning asosiy fondidagi adabiyotlarni saqlash va ularni joylashtirish, kitobxonlarga tezkor xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlari kitob fondlarini talab darajasida saqlash bo‘yicha xalqaro anjumanlarda ham faol ishtirok etib keladi.  Kitob fondini yanada boyitish xususida kutubxona bundan tashqari bo‘lim kitobxonlarni talab va qiziqishlarini o‘rgangan holda turli xil tadbirlar o‘tkazadilar.Bo‘limlar kitobxonlar talablari asosida kutubxona fondlariga kanday adabiyotlarni jamlash xaqida o‘z tavsiyalarini berib boradilar.  O’quv zallari javonlariga jamlangan ensiklopediyalar, lug‘atlar, gazeta va jurnallar jamlanmasi ham muntazam ravishda bo‘lim xodimlari tomonidan yangilanib turiladi.

KITOBXONLARGA XIZMAT KO’RSATISH BO’LIMI

Bo‘lim kutubxonaning asosiy yuzi hisoblanadi. Aynan shu bo‘lim orqali kitobxonlarga beminnat malakali xizmat ko‘rsatiladi, kerakli maslahatlar va tavsiyalar beriladi. Xizmat ko’rsatish vaqtida xodimlardan muomala madaniyati , zukkolik va hozir javoblik talab etiladi.Bo‘lim kitobxonlarga ilmiy adabiyotlar abonementi, dissertatsiya va avtoreferatlar zali, vaqtli matbuot qiroatxonalari hamda yangi adabiyotlar ko’rgazmasi zali orqali xizmat ko‘rsatadilar. Kutubxonaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan noyob adabiyotlar fondiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi javobgar va yangi olingan adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etish ham shu bo‘lim zimmasidadir.   Kutubxonalararo abonement shu’basi xizmat ko’rsatish bo’limining bir bo’lagi hisoblanadi. Shu’baning asosiy vazifasi shahrimizdagi va boshqa shaharlardagi abonementlarning kutubxonamiz fondidan foydalanishlari,  hamda kitobxonlarni kutubxona fondida bulmagan adabiyotlar bilan taminlash uchun xizmat kiladi. Bu xizmatlar shartnoma asosida olib boriladi.  Bundan tashqari bo‘lim kitobxonlarni talab va qiziqishlarini o‘rgangan holda turli xil tadbirlar o‘tkazadilar. Kitobxonlar talablari asosida kutubxona fondlariga qanday adabiyotlarni jamlash haqida o‘z tavsiyalarini beradilar. O‘quv zallari javonlariga jamlangan ensiklopediyalar, lug‘atlar, darsliklar va jurnallar jamlanmasi ham muntazam ravishda bo‘lim xodimlari tomonidan yangilanib turiladi.

ILMIY METODIK BO’LIM

2001- yilda tashkil topgan bo‘lib, eng faol bo‘limlardan biri hisoblanadi. Bo‘lim kutubxona ish jarayonlarida amal qilish kerak bo‘lgan yo‘riqnomalarni va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadi. Jumladan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimidagi 26 ta ilmiy-tekshirish institutlarining kutubxona tarmoqlari ishini muvofiqlashtirib, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda yangi shakl va usullarni qo‘llanishini yo‘lga qo‘yish, kutubxona xizmatini yangi texnologiyalar asosida olib borish bo‘yicha ham ilmiy amaliy yordam ko‘rsatadi.

img_divider

Kutubxonamizdagi bo’limlar ham kutubxona, ham kitobxonlarga xizmat ko’rsatish ishlarini olib borishadi

Quyidagilar shular jumlasidan:

  Kitobxonlarni ro’yhatga olish
  Kartochkali kortatekadan adabiyot qidirishda ko’maklashish
  Elektron katalogdan adabiyot qidirishda ko’maklashish
  Buyurtma berilgan kitoblarni kitobxonga yetkazish
  Ma’lumot qidirish bo’yicha konsultatsiya xizmati