UO‘K 821.512.133-3,    KBK 84(5O‘)7 E74

«Shohsanam» qissasining qahramonlari Mahmud va Shohsanam dunyoga kelmaslaridanoq ular haqida ezgu niyatlar tug‘ilgan, onalari dostondagi Shoh Abbosu Hasan vazir kabi axd-paymon qilishgan edi. Ikki yosh ezgu axdlashuvdan xabar topib-topmay ko‘ngilning ko‘z ilg‘amas rishtalari bilan bog‘lanib borishadi. Visol ostonasiga bir qadam qolganida esa hammasi ostin-ustun bo‘lib ketadi.

Bu qismatdan gangigan Mahmud o‘z yo‘qotishlari sababini izlaydi… va, nihoyat, «hamma illat o‘zimda, bir o‘zimda ikki «men» — ikki odam yashaganida» degan xulosaga keladi.

«Olis yulduzlar» qissasida ham «Shohsanam»dagi ayrim qahramonlarni uchratamiz. Biroq, bundagi voqealar oldinroq, urush yillarida kechadi.

Kitobdan yana bir qancha turkum hikoyalar ham o‘rin olganki, ular sizni befarq qoldirmaydi, deb o‘ylaymiz.

ISBN 978-9943-28-663-4

© O. Ergash, 2016 © «O‘ZBEKISTON» NMIU, 2016