O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental Kutubxonasi

NIZOM

Toshkent shahar Mirzo                                                                     O‘zR Fanlar akademiyasi

Ulug‘bek  tumani Hokimining                                                         Hay’atining ___< sonli

____ – sonli qarori bilan                                                                   qarori bilan

ro‘yxatga olingan                                                                                TASDIQLANGAN

2018 yil «____» ______                                                                  2018 yil «___» _______

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Asosiy kutubxonasining 

NIZOMI

I.Umumiy qoidalar

1.1.  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi (keyingi o‘rinlarda – «Kutubxona») O‘zbekiston Fanlar komitetining 1933 yil 4 oktyabrdagi 27/56 – raqamli buyrug‘i asosida “Fan qo‘mitasi qoshidagi kutubxona” sifatida tashkil etilgan. 1943 yil Fanlar akademiyasi tashkil etilgandan so‘ng, Asosiy kutubxona deb qayta nomlangan.

1.2   Kutubxona qonunchilikda belgilangan tartibda axborot – kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashgan ilmiy axborot-kutubxona muassasasi bo‘lib, o‘z fondida mamlakatimizning, O‘zbekiston Respublikasi xalqining fan, texnika va xalq xo‘jaligining barcha sohalariga oid turli shakldagi ilmiy, tarixiy, ma’naviy, madaniy hamda huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan axborot-resurslari saqlanadigan ilmiy markaz; Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yo‘nalishlari bo‘yicha axborot markazi; respublika ilm-fanining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi,  muhim asos bo‘luvchi ilmiy markaz; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida FA tizimidagi kutubxonalar uchun  axborot-kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi ilmiy-uslubiy markaz; tizimda axborot-kutubxona sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganuvchi, tahlil etuvchi, amaliyotga joriy etuvchi markaz; tizimida yig‘ma elektron katalog markazi; elektron kutubxona vositasida ilmiy xodimlarga elektron resurslar yordamida axborot-kutubxona xizmatini tashkil etuvchi tashkilot.

1.3.  AK O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi (keyingi o‘rinlarda –Fanlar akademiyasi) tasarrufidadir.

1.4. AK O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Fanlar akademiyasi Hay’atining buyruq va farmoyishlari, Kutubxonaning ichki tartibi to‘g‘risidagi qoidalar hamda ushbu Nizomga rioya qilgan holda faoliyat yuritadi.

1.5. AK  yuridik shaxs hisoblanib, o‘zining mulki, smetasi, mustaqil balansi, bank muassasalaridagi hisob raqamiga, o‘z nomi aks ettirilgan gerbli muhri, shtamp va rasmiy blankalariga ega.

1.6. AK Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi ilmiy kutubxonalarning axborot–kutubxona faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni metodik jihatdan ta’minlaydi.

1.7. Asosiy kutubxona kitobxonlarni quyidagi axborot-kutubxona xizmati bilan ta’minlaydi.

1.8.  Kutubxona fondi haqida katalog va kartotekalar tizimi, elektron katalog va bibliografik ish shakllari orqali to‘liq axborot bilan ta’minlaydi;

1.9. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va boshqa  axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, axborot-kutubxona resurslaridan birgalikda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.

1.10. Kutubxonaning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi. Kutubxonaning axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish huquqi faqat noyob va alohida qimmatga ega bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarining saqlanishini ta’minlash  maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollardagina chegaralanadi.

1.11. Kutubxonaning axborot-kutubxona fondlari yagona va bo‘linmasdir. Axborot-kutubxona resurslarini kutubxonaning axborot-resurs fondidan chiqarish “Hisobdan chiqarish haqidagi Yo‘riqnoma”  asosida amalga oshiriladi.

1.12. Kutubxona o‘z axborot-kutubxona faoliyatini Fanlar akademiyasining asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga muvofiq holda mustaqil ishlab chiqilgan yillik va istiqbolli rejalari asosida amalga oshiradi.

1.13. Kutubxona belgilangan muddatlarda o‘zining axborot-kutubxona, bibliografik, moliyaviy va ho‘jalik faoliyati haqidagi hisobotlarini Fanlar akademiyasi Hay’atining tashkiliy-tahliliy boshqarmasiga, davlat statistika idoralariga, Respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi Idoralararo Kengashga  taqdim etadi.

1.14. Kutubxonani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

        2. Asosiy vazifalari.

2.1. Fanlar akademiyasi Asosiy kutubxonasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

2.2. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlariga, xalq ho‘jaligining turli tarmoqlaridagi olimlar va mutaxassislarga, oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilariga, shuningdek, boshqa toifadagi foydalanuvchilarga axborot-kutubxona va bibliografiya xizmati ko‘rsatish orqali fanni rivojlantirishga ko‘maklashish;

2.3. Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishiga muvofiq tarzda AK axborot-kutubxona fondlarini qog‘oz hamda elektron ko‘rinishdagi ilmiy nashrlar bilan to‘ldirib boradi;

2.4. elektron kutubxona va elektron katalogni tashkil etish, faoliyatini olib borish;

2.5. Repsublikaning yirik kutubxonalari, ITIlari kutubxonalari  bilan birgalikda axborot-kutubxona resurslaridan  foydalanishni ta’minlash;

2.6. boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

2.7. FA tizimining yig‘ma elektron katalogini shakllantirish;

2.8. Respublikaning yig‘ma elektron katalogini shakllantirishda  ishtirok etish.

2.9. bibliografik ko‘rsatkichlar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa asarlar hamda multimediyalar tayyorlash va nashr etish.

2.10. ma’lumot-bibliografiya apparatini va  ma’lumotlar bazalarini tashkil etadi va xizmat ko‘rsatadi;

2.11. kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatishning muammolari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va uslubiy ishlarni amalga oshiradi;

2.12. kitobxonlar orasida kitob mutolaasi va kitobxonlik hamda axborot madaniyatini shakllantirish va takomillashtirish hamda targ‘ib qilish;

2.13. Fanlar akademiyasi tizimidagi foydalanuvchilarga axborot-kommunikatsiya     texnologiyalari asosida axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bilan kutubxonachilik xizmatini kengaytiradi;

2.14. kitobxonlar so‘roqlarini yanada kengroq va to‘liqroq bajarish uchun boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnik organlar, boqsha tashkilot va muassasalar bilan hakmorlikda ish olib boradi;

        3. Asosiy kutubxonaning funktsiyalari:

        Kutubxonaning vazifalarini bajrish uchun quyidagi bo‘linmalar tashkil etilgan:

-kitob fondini butlash bo‘limi;

  1. -kitoblarga ilmiy ishlov berish bo‘limi;-xorijiy adabiyotlar bo‘limi;-elektron kutubxona bo‘limi;

    -kitob fondi bo‘limi;

    -Ilmiy-uslubiy va tadqiqotlar bo‘limi;

    -ilmiy-bibliografiya bo‘limi;

    -nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish bo‘limi;

    -texnik bo‘lim;

    -xo‘jalik bo‘limi;

    1. Asosiy kutubxona kitobxonlarni quyidagi axborot-kutubxona xizmati bilan ta’minlaydi:

    4.1. Kutubxona fondi haqida katalog va kartotekalar tizimi, elektron katalog va bibliografik ish shakllari orqali to‘liq axborot bilan ta’minlaydi;

    4.2. axborot-kutubxona fondlarining saqlanishini ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshiradi;

    4.3. axborot-kutubxona fondlarini ilmiy ishlovdan o‘tkazadi hamda ularni an’anaviy va elektron kataloglar tizimi yordamida izohlab, tushuntirib beradi;

    4.4. Fanlar akademiyasi tizimida bo‘lmagan turli toifadagi foydalanuvchilar uchun tasdiqlangan muvaqqat narxlar preyskuranti asosida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkonini yaratadi;

    4.5. axborot-kutubxona faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

    4.6. Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari kutubxonalariga metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ularning axborot-bibliografiya xizmati sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadi;

    4.7. ilmiy darajasi mavjud kitobxonlarga uy sharoitida foydalanish uchun vaqtincha muddatga kutubxona fondidan zarur adabiyotlarni beradi;

    4.8. boshqa kutubxonalar fondidan vaqtincha foydalanish uchun kutubxonalararo abonement orqali adabiyotlar oladi va beradi.;

    4.9. ilmiy xodimlarga va boshqa kitobxonlarga  ilmiy-tadqiqot ishlarida yordam berish maqsadida mavzuli bibliografik ro‘yhatlar, ko‘rsatkichlar tuzadi, mavzuli bibliografik so‘roqlarni bajaradi, bibliografik sharxlar o‘tkazadi, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etadi.

    4.10. ilmiy xodimlarning va boshqa kitobxonlarning axborotga talab va qiziqishlarini muntazam o‘rganib boradi va ularni bajaradi;

    4.11. Kitobxonlarga boshqa xizmat turlarini, shu jumladan  kutubxonadan foydalanish qoidalarida aniqlab berilgan pullik xizmat ko‘rsatish usullarini taqdim etadi, boshqa tashkilotlarga, muassasalarga shartnomalar asosida tijorat yo‘li bilan xizmat ko‘rsatadi.

    1. Asosiy kutubxona quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

    5.1. kitobxonlarga abonementda, o‘quv zallarida yakka va guruhli tartibda tabaqalangan kutubxona xizmati ko‘rsatadi.

    5.2. kitob fondini ilmiy-tadqiqot mazulariga, mamlakat fani va ilmining yo‘nalishlariga mos adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi;

    5.3.kitob fondini maqsadli to‘ldirib borish va kitobxonlar talabini samarali bajarish maqsadida kitobxonlar so‘rog‘ini bajarish holatini o‘rganib boradi;

    5.4. kitob fondini joylashtirish, hisobga olish, saqlash va saqlanish ta’minoti, restavratsiya va raqamlashtirish holtini hisobga olib boradi;

    5.5. kitob fondini bibliografik jihatdan to‘liq ochib berish uchun an’anaviy va elektron tashuvchilarda kutubxona kataloglari va kartotekalari tizimini tashkil etadi;

    5.6  FA tizimidagi ITIlari kutubxonalari bilan birgalikda tizimning yig‘ma elektron katalogini tashkil etadi, virtual tarmoqda xizmat ko‘rsatishni olib boradi, respublikaning yig‘ma elektron katalogini tashkil etishda ishtirok etadi;

    5.7. kutubxona xodimlarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi, ilg‘or texnologiyani joriy etadi.

    5.8.   ITIlari kutubxonalari ishini muvofiqlashtirib boradi.

    5.9. xalqaro anjumanlar, seminarlarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;

    5.10. amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi.

    1. Kutubxonaning tarkibiy tuzilmasi

    6.1.  Mudirlar tomonidan boshqariladigan bo‘limlar va sho‘‘balar Kutubxonaning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.

    6.2. Kutubxonaning tarkibiy tuzilmasi Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

    6.3. Kutubxona o‘z tarkibiy tuzilmasini Fanlar akademiyasi Hay’ati tasdiqlagan smeta doirasida o‘zgartirishi ham mumkin.

    1. Kutubxona rahbariyati

    7.1.  Kutubxona faoliyatiga umumiy rahbarlikni Fanlar akademiyasi Hay’ati amalga oshiradi.

    7.2. Kutubxona faoliyatiga umumiy tashkiliy–metodik rahbarlik va uni muvofiqlashtirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

    7.3.  Kutubxonaga Fanlar akademiyasi Hay’ati tomonidan tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.

    1. Kutubxonaning Metodik kengashi

    8.1. Metodik kengash Kutubxona direktori huzuridagi maslahat organi hisoblanadi.Metodik kengash tarkibiga direktor, direktorning kutubxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, bo‘lim mudiri va kutubxonaning yetakchi mutaxassislari kiradilar.

    8.2.  Metodik kengashning shaxsiy tarkibi har yili direktorning kutubxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tavsiya qilinadi va direktor tomonidan tasdiqlanadi;

    8.3.  Metodik kengash Kutubxona direktori tomonidan belgilangan muddatlarda yig‘iladi. Metodik kengash raisi kutubxona direktori hisoblanadi.

    8.4. Metodik kengash quyidagi vazifalarni bajaradi:

    8.4.1. kutubxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini, axborot-kutubxona faoliyatining istiqbolli va yillik rejalarini muhokama qiladi;

    8.4.2. kengash yig‘ilishlarida ilmiy ma’ruzalar tezislari ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi, ishlarning loyihalari, ilmiy anjumanlar rejalari tasdiqlanadi;

    8.4.3. uslubiy nashrlar va bibliografik ko‘rsatkichlar hamda ayrim kutubxona-bibliografik jarayonlarning hujjatlari va texnologiyasi muhokama qilinadi va nashrga tavsiya etiladi;

    8.4.4. kutubxona tuzilmasining o‘zgarishi, kadrlarning bir joydan boshqasiga o‘tkazilishi, boshqa ilmiy kutubxonalar va axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘z ishini muvofiqlashtirish va kooperatsiya bilan bog‘liq  masalalar ko‘rib chiqiladi;

    8.4.5. bo‘lim boshliqlari va ayrim xodimlarning ishlari haqidagi hisobotlar tinglanadi.

    8.4.6.Metodik kengash qarorlari Kutubxona direktori tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

    1.  Moliyaviy-ho‘jalik faoliyati

    Kutubxonaning moliyalashtirilishi quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

    9.1. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobiga;

    9.2. pullik xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan mablag‘lar hisobiga;

    9.3. kutubxonaning rivojlanishi uchun  homiylik qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar mablag‘i hisobiga;

    9.4. tadbirkorlik faoliyati hisobiga;

    9.5. qonun tomonidan ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga.

    9.6. Turli manbalardan keladigan barcha mablag‘lar kutubxonaning yagona daromadini tashkil etadi.

    9.7. Kutubxona belgilangan tartibda ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondlarini, mehnatga haq to‘lashning yagona fondini, zarurat tug‘ilganda esa boshqa fondlarni ham shakllantiradi.

    9.8.Ishlab chiqarish, ijtimoiy rivojlantirish, mehnatga xaq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish fondlari mablag‘larini taqsimlash kutubxona tomonidan mustaqil ravishda, direktor va kasaba uyushmasining qo‘shma  qarori bilan tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.

    1. Kutubxona direktori kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda quyidagi ishlarni amalga oshirish huquqiga ega:

    10.1. mehnatga haq to‘lash masalalarini hal etish, lavozim okladlarini tasdiqlash, ustama haqlar, bir nechta kasblarni egallaganlik,  tillarni bilganligi uchun, xizmat ko‘rsatish zonasining kengaytirilishi yoki bajarilgan ish hajmining ko‘payganligi uchun qo‘shimcha haqlar belgilash, mehnat samaradorligi va sifatidan har bir xodimning umumiy ish natijalariga qo‘shgan shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda mukofot tartibi va mukofotlar miqdorini belgilash;

    10.2. belgilangan tartibdagi mehnatning turli shakllaridan foydalanish.

    10.3.Kutubxona direktorining maoshiga ustamalar va qo‘shimchalar Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan belgilanadi.

    1. Kutubxonaning huquqlari:

    Asosiy kutubxona quyidagi huquqlarga ega:

    11.1. Nizomda belgilangan vazifa va funktsiyalarini, asosiy ish mazmuni va  yo‘nalishlarini  mustaqil belgilaydi va amalga oshiradi;

    11.2. kutubxonaning tarkibiy tuzilmasini o‘zgartirish, shakllantirish, shtat jadvalini tuzish va kutubxonadan foydalanish qoidalariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar kiritish;

    11.3.AKga berilgan mablag‘larni xarj qilish, sarflash bo‘yicha takliflar kiritish;

    11.4.FA tizimidagi ITIlarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishish, hamkorlik qilish, institutlar  kutubxonalaridan hisobot talab etish, zarur bo‘lganda ular faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish;

    11.5. ITIlarning seminarlari, ilmiy anjumanlarida, yig‘ilishlarida axborot-kutubxona va axborot-bibliografiya faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan ishtirok etish;

    11.6.belgilangan tartibda o‘z nashrlarini chop etish  va bepul yoki haqini to‘lash asosida tarqatish;

    11.7. belgilangan tartibda boshqa kutubxonalar va muassasalar bilan kitob almashinuvi-ni yo‘lga qo‘yish;

    11.8. mamlakat kutubxonachilik tizimini takomillashtirish va axborot-kutubxona faoliyatiga oid dasturlarni, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish;

    11.9 mamlakatda axborot-kutubxona muassasalari uchun kadrlar tayyorlash tizimida, kadrlar malakasini oshirishda, viloyatlardagi kutubxona muassasalarida o‘tkaziladigan seminarlarda, anjumanlarda ishtirok etish;

    11.10. xayriya fondlari va boshqa jamoatchilik fondlaridan, davlat, xususiy va jamoat tashkilotlaridan, O‘zbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlarning ham ayrim fuqarolaridan qaytarilmaydigan beg‘araz yordam sifatida mablag‘lar, moddiy qadriyatlar, shu jumladan, inshootlar, jihozlar, transport vositalarini olish;

    11.11. belgilangan tartibda so‘mda ham, valyutada ham hisob raqamlarini ochish;

    11.12. ilmiy, ishlab chiqarish, xo‘jalik, tijorat ishlarini bajaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma munosabatlariga kirish;

    11.13. o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan jihozlar, xomashyo materiallari, yoqilg‘i va boshqa moddiy qadriyatlarni belgilangan tartibda sotib olish.

    1. Kutubxonaning xalqaro aloqalari va tashqi iqtisodiy faoliyati.

    12.1. Kutubxona belgilangan tartibda xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, tashkilotlari, firmalari bilan hamkorlik o‘rnatadi, xorijiy kutubxonalar, axborot-kutubxona muassasalari, tashkilotlari va firmalari bilan bitimlar va boshqa yuridik hujjatlarni tuzadi.

    12.2. Kutubxona o‘z faoliyatini takomillashtirish, professional malaka oshirish uchun  MDH va Xorijiy mamlakatlar kutubxonalarining ish tajribalarini o‘rganish va amaliyotga joriy etish maqsadida Respublikadan tashqariga o‘z xodimlarini xizmat safariga yuboradi hamda Akademiya  Prezidiumining tegishli tuzilmaviy bo‘linmasi bilan kelishgan holda xorijlik sheriklarini qabul qiladi.

    1. Asosiy kutubxonaning burchlari, mas’uliyati

    13.1. Asosiy kutubxona direktori o‘zining huquq va burchlarini bajarishda FAning qiziqishlari, maqsad va vazifalariga mos harakat qilishi lozim.

    13.2. AK direktori va xodimlar quyidagi mas’uliyatga egadirlar:

    13.3. o‘zlarining hatti-harakati tufayli ish vaqtida kutubxona mol-mulkiga, kitob fondiga, binosiga zarar yetkazmaslik;

    13.4. Respublikaning qonunchiligida ko‘rsatilgan va ta’qiqlangan yolg‘on va asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik;

    13.5.Mehnat xavfsizligi va texnik xavfsizlik qoidalarini buzmaslik;

    13.6. Ichki mehnat intizomiga rioya etmaslik uchun;

    13.7.Asosiy kutubxona xodimlarining mehnat shartlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat kodeksi asosida belgilanadi.


 

PASPORT

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Asosiy  kutubxonasi

P A S P O R T I

Ko‘rsatkichlar nomi

Ma’lumotlar

1. Muassasaning rasmiy nomi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Asosiy  kutubxonasi

2. Muassasa manzili 100170,Toshkent sh., MirzoUlug‘bek tumani,

Ziyolilarko‘chasi 13 uy, 262 74 58,

faks:262 74 58

3. Muassasa tashkil etilgan yili 1933 yilda tashkil etilgan

(№ 27/56, 04 oktyabr 1933)

4. Asosiy  yo‘nalishi Kutubxona – Respublika ilmiy jarayonini axborot bilan ta’minlash, foydalanuvchilarga axborot-kutubxona va bibliografiya xizmati ko‘rsatish orqali O‘zbekiston fani va ilmini rivojlantirishga ko‘maklashadi, axborot-kutubxona fondini shakllantirish va saqlashni ta’minlaydi, elektron resurslar fondini va elektron katalogni tashkil etish, Jahon elektron resurslari ma’lumotlar bankidan ilmiy xodimlarning foydalanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish, Respublikaning yig‘ma elektron katalogini yaratishda ishtirok etish, sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, Xalqaro doirada xorijiy va mustaqil davlatlar hamdo‘stligi tashkilotlari bilan, ilmiy muassasalar va muzeylar bilan hamkorlikda ish olib borish, ilmiy adabiyotlarning Xalqaro kitob almashinuvini olib borish,  ommaviy axborot vositalarida kitob, kutubxonachilik, bibliografiya masalalari, o‘qish madaniyati, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha maqolalar, chiqishlar bilan ishtirok etish, sohaga oid turli shakldagi adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish, FA tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ish olib borish, ularga uslubiy yordam berish, birinchi marta davlat tilida “O‘zbekiston fani: tarixi va rivoji” mavzusida elektron ma’lumotlar bazasini yuritish, birinchi marta davlat tilida “Kutubxonashunoslik” entsiklopediyasini yaratish.
5. Muassasa asosiy tarkibi 8 ta bo‘lim
6. Jami xodimlar soni 78 ta, jumladan, rahbariyat va yordamchi bo‘lim – 10, kutubxonachilar -42, texnik bo‘lim – 6, xo‘jalik bo‘limi – 16, kutubxona bosmaxonasi – 4.
7. Muassasada oxirgi uch (2014-2016) yillikda olingan  muhim natijalar          O‘zbekiston Respublikasi FA kutubxonalarining virtual korporativ tizimini yaratish orqali ilmiy tadqiqotchilar, professor o‘qituvchilar va talabalarni ilmiy ta’limiy axborotlar bilan tezkor ravishda ta’minlash maqsadida 2013-2014 yillar davomida I1-FA-1-21451-“O‘zbekiston Fanlar akademiya-siga qarashli Asosiy kutubxona va ilmiy-tadqiqot institutlari kutubxonalarining virtual korporativ tizimini joriy qilish(2013-2014)” mavzusida loyiha ishi amalga oshirildi. Kutubxonada mavjud dissertatsiyalarning va ularga chop etilgan avtoreferatlarning ham elektron shakli yaratildi.    “Fan” nashriyoti tomonidan 1934 yildan shu kungacha nashr qilingan 3500  ilmiy asarning bibliografik yozuvi  kiritildi va 19 700  ta avtoreferatning bibliografik yozuvi, 500 ta avtoreferatning to‘liq matni bibliografik tavsifga bog‘landi, ilmiy institutlar kutubxonalarida o‘z fondlaridagi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari ma’lumotlar bazasi yaratila boshlandi. ARMAT tizimini joriy etish bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi va kutubxona xodimlari uchun bitta uslubiy qo‘llanma chiqarildi, loyiha mavzusiga oid 25 ta kitoblar va maqolalar nashr etildi.Kutubxona FA tizimidagi ilmiy xodimlarning EBSCO Xalqavro ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha markaz vazifasini bajaradi va barcha sharoitlarni yaratdi, barcha ITMlar kutubxona xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi va uslubiy qo‘llanma nashr etildi. Shu davr ichida har yili 20-24 martadan  radio va televidenieda kitob, kitobatchilik, kutubxonachilik, bibliografiya ishi masallariga oid, FA Asosiy kutubxonasi faoliyatiga oid chiqishlar bo‘ldi, kollejlar uchun “Kutubxonashunoslik” va “Bibliografiya” o‘quv qo‘llanmalari 2 martadan nashr etildi(Berdieva Z.), muhim masalalar, yubileylar, dolzarb masalalarga oid bibliografik qo‘llanmalar nashr etildi, “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati bilan hakmorlikda 20 yillik yubileyga bibliografik ko‘rsatkich (448 b.)nashr etildi.Belorusiya, Rossiya (Moskva, Tomsk, Novosibirsk) da bo‘lib o‘tgan Xalqaro anjumanlarda ma’ruza va to‘plamlarda maqoalalar bilan ishtirok etdi. Har yili bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo Xalqaro ilmiy anjumanini, Milliy axborot-kutubxona haftaligini tayyorlash va o‘tkazishda moderator, ishchi guruhi a’zosi sifatida va maqolalar bilan ishtirok etdi.

Virtual tarmog‘imizda mavjud elektron katalog Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ulandi. Sayt orqali O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimidagi kollej va litseylarning uslubiy markaziga chiqish ham mumkin. Kelgusida oliy ta’lim tizimidagi kutubxonalar bilan ham elektron aloqa yo‘lga qo‘yiladi, Inxa universiteti talabalari va professor o‘qituvchilari saytimiz orqali ular bilan bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.

8. Qo‘shimcha  ma’lumotlar  2014 yil sentyabr oyidan Asosiy kutubxona to‘liq ta’mirlash jarayonida.