O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental Kutubxonasi

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental Kutubxonasining «Elektron kutubxona» bo’limi, kutubxonaning barcha elektron resurslari, moddiy texnik bazasi, texnikaviy va dasturiy ta’minotlariga hamda yangi innavatsion g’oyalarni va loyihalarni kutubxonaga joriy qilish yuzasida faoliyat yuritadi. Bo’lim xodimlari tomonidan kutubxonadagi jarayonlarni avtomatlashtirish, fondni elektron shaklga o’tkazish, kitobxonlarga axborot kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda  xizmat ko’rsatish ishlari amalga oshiriladi.

ZAMONAVIY QIROATXONA LOYIHASI

Bo’lim xodimlari tomonidan zamonaviy o’quv zalini yaratish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu o’quv zalining boshqalaridan farqi nimada?! Farqi shudaki ushbu o’quv zali noan’anaviy ko’rinishda jixozlanadi, undagi kitoblar ham no an’anaviy shaklda bo’ladi, ushbu o’quv zali sizga nafaqat mutolaa zavqini balki este’tik zavqni ham ulasha oladi. Bunday o’quv zallari bugungi kun kitoblari va kitobxonlari degan tushunchani o’zgartiradi!

AUDIO KUTUBXONA

Sizda kitob o’qish istagi bor-u lekin vaqtingiz yo’qmi? Siz mamlakatimiz hamda chet el adabiyoti namoyondalarining asarlarini o’qishga hoxish bor-u lekin bunga vaqt ajrata olmayapsizmi? Endi buning iloji bor! Kutubxonamizda audio kitoblar yaratish ishlari olib borilmoqda va tez kunda kitobxonlar ommasiga taklif qilish rejalashtirilgan. Bunday kitobarning afzalligi nimada? bunday audio kitoblarni siz mobil telefoningiz yoki boshqa gadjetlaringiz orqali — yo’ldaligingizda, metroda, avtobusda, bekatda, oshxonada va hatto chiroqni o’chirib uxlashga yotganingizda ham eshitishingiz mumkin bo’ladi. Bunday kitoblar sizdan ortiqcha vaqt talab qilmaydi, ko’z nuringizni ham ayaydi. Albatta an’anaviy kitobni mutolaa qilgandagi zavq o’zgacha, ammo audio kitoblar ham sizga ushbu zavqni qisman bo’lsada tuyishga ko’maklashadi hamda mutolaaga bo’lgan ishtiyoqni sizga yana qaytarib bersa ajab emas!

img_divider

Bo’lim tomonidan kitobxonlarga ko’rsatiladigan xizmatlar

«Elektron kutubxona» bo’limi xodimari tomonidan kitbxonlarga bir qancha pullik va bepul xizmatlar ko’rsatiladi. Quyidagilar shular jumlasidan:

  Skanerlash
  Nusxa ko’chirish
  Elektron katalogdan ma’lumot qidirish
  Internet tarmog’idan ma’lumot qidirish
  Ma’lumot qidirish bo’yicha konsultatsiya xizmati

Bizning bo’limda 4 ta oliy va 2 ta o’rta maxsus ma’lumotli xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Xodimlarning ish tajribasi 1,5 yildan 3 yilgacha.
«Central Asia 2018» xalqaro semenari eng yaxshi maruzachisi, Xalqaro ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo’yicha sertifikatlar
Facebook: https://www.facebook.com/flasruz/, Telegram: @fban.uz