Arzon o’quv markazi

Home / Maqola / Arzon o’quv markazi
Arzon o’quv markazi

Arzon o’quv markazi

 

Bugungi kunda kutubxona deganda faqatgina kitob saqlaydigan va o’qishga beradigan maskan ko’z oldimizda gavdalanadi. Kitobxonlarning kitob yoki ma’lumotni internet tarmog’idagi turli qidiruv tizimlaridan qidirishlari va qisman bo’lsada topishlarini inobatga olsak kitobxonning kutubxonaga nega kam tashrif buyurishlarini sababibi anglash qiyin emas. Shunday qilib bizda kutubxonalar mavjud bo’lsa, unda har xil sohaga oid kitoblar mavjud bo’lsa, kitoblarni mutolaa qilish uchun o’quv zallari aksar hollarda bo’sh bo’ladigan bo’lsa nega endi biz ushbu vaziyatdan birmuncha foydaliroq holda foydalanmasligimiz kerak. Qanday deysizmi?! Kutubxonaning kerakli hujjatlariga o’zgartirishlar kiritilib, bo’sh qolayotgan o’quv zallarida o’quv markazlarini tashkil qilinsa va bu o’quv markazlarida tahsil olish uchun belgilanadigan to’lov faqatgina o’qituvchining harajatlarini inobatga olgan holda belgilansa… Oqibatda nimaga erishamiz?!. Arzon va sifati boshqa qimmatbaho o’quv zallaridan qolishmaydigan o’quv maskaniga. Chunki o’sha qimmatbaho o’quv markazlari uchun to’lov —  ijara haqqi, markazni moddiy daromad olish maqsadida tashkil qilgan rahbariyatning ulushi, hamda boshqa birqancha kichik  harajatlar inobatga olingan holda belgilangan. Agar huddi o’sha qimmatbaho markazlar saviyasidagi o’qituvchilarni kutubxonaga jalb qilinsa arzon o’quv markaziga erishgan va kutubxonani chin manoda bilim maskaniga aylantirihga ozgina bo’lsada hissa qo’shgan bo’lardik.