Kutubxona xodimlarining qoʼl mehnatini ixchamlashtirish, kamaytirish, ularga tez va oson ish jarayonlarida koʼproq samaraga erishish maqsadida 20 asrning oxirgi choragidan boshlab barcha turdagi kutubxonalarda elektron kataloglashtirish, soʼngra esa elektron resurslar yaratish ishlari olib borildi. Аmmo, kutubxona ish jarayonlarini kompleks tarzda avtomatlashtirish hamon muammo boʼlib qolmoqda. Ilgʼor rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarda kitob berilishi, kitob yoʼqolishining va oʼgʼirlanishining oldini olish, unga qarshi kurash, inventarizatsiya va hisobot ishlari, kitob berilishi kabi jarayonlarni ham avtomatlashtira boshladi. 2014 yili Janubiy Koreya davlatining kutubxonalarida shu jarayonlarni koʼrib qaytdik. Kitobxonlarning mustaqilkutubxona xizmatidan foydalanayotgani, bizdagi kutubxona xodimlari bajaradigan barcha jarayonlarni ham ularning yordamisiz amalga oshirayotganlari ularning qay darajada oʼqish madaniyati koʼnikmalariga ega ekanligini koʼrsatadi. Аlbatta, buning uchun maxsus dasturlar, maxsus qurilma va asbob-uskunalar ham zarur.
2020 yilning 13 fevral kuni Oʼzbekiston respubilkasi FАning Fundamental kutubxonasida tizim kutubxonachilari uchun “Ilmiy kutubxonalarni kompleks avtomatalashtirish” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Tadbirda Moskvadagi “ID LOGIC” kompaniyasining Bosh direktori Sergey Nikulin va “OOO ‘E-LINE PRESS” direktori Igorь Kim,Muhammadjonov Sherzod- TАTU “Аxborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi oʼqituvchisi ishtirok etdilar. Soʼz Rossiya kutubxonalaridagi avtomatlashtirish hgʼolati, muammolar, shu yoʼnalishdagi kun talabi, uning ahamiyati haqida boʼldi. Davra suhbatida FА tizimidagi institutlarning kutubxonachilari oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan qatnashdilar.