Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik

Home / Tadbirlar / Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik
Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik

Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik

Tadbirni polkovnik B.Alimov  kirish so‘zi bilan ochib berdi. Kun tartibida  “Zamonaviy elektron kutubxonani shakllantirishga talablar” mavzusidagi tadbirni  o‘tkazish rejalashtirilganligi va tadbirning maqsad va vazifalari to‘g‘risida qisqacha gapirdi va so‘zni Fanlar Akademiyasi  fundamental kutubxonasi direktori Z.Berdiyevaga berdi.

Kutubxona direktori Z.Berdiyeva “Ma’naviyatga tashnalik kitobxonlikka yo‘l ochadi” mavzusidagi ma’ruzani zamonaviy texnologiyalar yordamida yoritib berdi. Ma’ruzada kutubxonachilik  va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, Qaror va farmonlar, keyingi yillarda  qabul qilingan qarorlar va ular asosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida  hamda kitob mutolaasi,  kitobxonlarning qiziqishi asosida chop etilayotgan kitoblarning nashri, kutubxonalarda kitobxonlarning soni ortib borayotgani, Germaniya va Koreya davlatlari kutubxonalarida malaka oshirish jarayonida olingan taassurotlar va amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, hayotda kitobning o‘rni va kitob mutolaasining  ahamiyati to‘g‘risida gapirib berdi.

Elektron kutubxona bo‘limi mudiri K.Xurramov “Zamonaviy elektron kutubxonani tashkil etishga talablar” mavzusida ma’ruza qildi va slaydlar yordamida fikrlarini yoritib berdi. Elektron kitob nima, elektron kitobning shakllari, elektron kutubxonaning tarkibiy qismlari, ma’lumotlar ba’zasi va Audio kitob yaratilganligi va undan namunalar keltirib o‘tdi.

Tadbir oxirida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga kutubxona direktori Z.Berdiyeva va Elektron kutubxona mudiri K.Xurramovlar  javob berdilar.

Polkovnik B.Alimov kutubxonaga bir nechta kitoblar sovg‘a qildi. Z.Berdiyeva esa, kutubxona nomidan beg‘araz FVI kutubxonasini boyitish uchun 50 ta kitob sovg‘a qildi.Tadbir tinglovchilar tomonidan yaxshi kutib olindi, bir necha savollar berildi, fikrlar aytildi, tinglovchilar diqqat-e’tibor bilan tinglab o‘tirishdi.