Tesha Zohidovich Zohidov 1906 yil 10 may kuni Qo‘qonda tavallud topgan, 1981 yil 21 avgust kuni vafot etgan va Toshkent shahriga dafn etilgan.
– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (1952).
– O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1952), biologiya fanlari doktori.
-Zoologiya sohasidagi olim, fan va ta’lim tashkilotchisi, jamoat arbobi.
– O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947).
– Beruniy nomidagi O‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1970).
– Xalqaro zoologiya akademiyasining haqiqiy a’zosi.
– 1931 yil O‘rta Osiyo davlat universitetini (O‘ODU, hozirgi ToshDU) tamomlagan.
– 300 dan ortiq ilmiy ish, shuningdek 50 ta monografiya muallifi. 5 ta fan doktori va 25 ta fan nomzodini tayyorlagan.
Biz kutubxona hodimlari jamoasi bilan ularning oxiratlari obod bo’lishini va nomlari abadiy saqlanib qayta qayta yod etilishini so’raymiz!