O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O’zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-son qarorining 2-ilovasi “2019-2024 yillarda O’zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida, jo riy yilning 8 – 12-noyabr kunlari O ’zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB UZBEKISTAN – 2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi va haftalik doirasida Yoshlar forumi o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur haftalik O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 781-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son Qarorlarida belgilangan vazilalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.
Haftalik doirasida axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun turli tadbirlar (tanlovlar, seminarlar, davra suhbatlari,uchrashuvlar, treninglar, kitob taqdimotlari) onlayn va offlayn tarzda o’tkazilishi belgilangan.
Sizdan, tasarrufingizdagi axborot-kutubxona muassasalari mutahassislarining haftalik doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.
Ma’lumot uchun: ZOOM platformasida tashkil qilinadigan bar kunlik tadbirlarga ulanish havolasi haqida O’zbekiston Milliy kutubxonasi www.natlib.uz rasmiy veb-saytiga ma ‘lumotlar joylab boriladi.
Haftalik dasturi ilova qilinadi.