Havo xujumidan mudofaa Qoʼshinlar va Harbiy havo kuchlari Qoʼmondonligi madaniyat markazida «Eng yaxshi yosh kitobxon» koʼrik tanlovi oʼtkazildi!
Hakamlar safida Fundamental kutubxona direktori Zuhra Shukurovna Berdiyeva, Oʼzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Tilavov Аbdimurod Xolmuratovich, Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi harbiy vatanparvarlik boʼlimi mudirasi shoira Maʼmura Zohidova ishtirok etdilar. Qoʼmondonlik tasarrufidagi 12 ta harbiy qismdan gʼolib boʼlib respublika bosqichiga kelganlar bellashdilar. Tanlov qiziqarli va taassurotlarga boy oʼtdi.
Fundamental kutubxona direktori Berdieva Z. Sh. yakunlovchi soʼzida hali yoshlarimiz yanada koʼproq kiob oʼqishlari kerakligini, oilada kitobxonlikni tashkil etish zarurligini, kitob oʼqish bilan ogʼzaki va nutq boyligini oshirishni, bilim, dunyoqarash, tafakkurni kengaytirishni, komil inson boʼlib yetishish bilan Navoiy orzu qilgan eng yaxshi insoniy fazilatlarni egallashni taʼkidlab oʼtdi.