Himoya hayʼatida Fundamental kutubxona direktori Berdieva Zuhra Shukurovna ishtirok etdi. Talabalar ishlarining mavzulari qiziqarliligi, dolzarbligi va yangiligi bilan eʼtiborni tortadi. Kafedra tomonidan bu bajarilayotgan ishlarning amaliyotga tatbiq etilishiga alohida ahamiyat beriladi. Haqiqatdan ham bitiruvchi talabalarning olib borgan tadqiqiotlari mamalakatimiz kutubxonalari faoliyatiga nimadir olib kirsa, ularning faoliyati samaradorligini oshirishga, innovatsion yangiliklar bilan boyitsa kutilgan natija beradi.
Himoya kunlari universitet rahbariyati tomonidan Berdieva Zuhra Shukurovnaga tashakkurnoma va bir qancha sovgʼalar berildi.
Fundamental kutubxona 2017 yil 12 yanvarda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan «Kitob mahsulotlarini chop etish tizimini takomillashtirish, mutolaa madaniyatini va kitobxonlik faoliyatini «tashkil etish boʼyicha ishchi komissiyasini tuzish » toʼgʼrisidagi Farmonidan soʼng 2017 yil 26 aprelda Mirzo Ulugʼbek tumaniga qarashli 245-sonli bolalar bogʼchasida tarbiyalanuvchilar uchun mahalla olimlarining tashabbusi va bogʼcha rahbariyati bilan birgalikda kutubxona tashkil etildi. Shu kunga qadar Fundamental kutubxona 132 ta maktab, mahalla fuqarolar yigʼinlari, kollej va litsey kutubxonalari, Harbiy qismlar kutubxonalari , Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar institutiga dan 30821 tadan ortiq adabiyotlarni begʼaraz berish bilan ularning fondini boyitishga hissasini qoʼshdi. Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ham oʼrta maktablar birkitilgan boʼlib, aynan Аxborotlashtirish va kutubxonashunoslik» kafedrasi mansub boʼlgan dekanatga Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi 61 ta maktabga amaliy koʼmak berish vazifasi yuklatilganligi uchun ularga ham kitob fondini boyitishga 3000 dan ortiq adabiyotlar berish bilan yordam berildi. Maqsadimiz mamlakatimizning uzoq chekkalarida istiqomat qilayotgan kishilar, ayniqsa yoshlar ajdodlarimiz haqidagi ilmiy-ommabop asarlarni, ular haqidagi asarlarini oʼqib borishlari va bilimini oshirishlari. Berilayotgan adabiyotlar ajdodalarimiz Moturidiy, Naqshbandiy, Аbu Аli ibn Sino, Аt-Termiziy, Jaloliddin Manguberdi haqida hamda oʼzbek xalq dostonlari va ular haqidagi asarlar, Ibn Sinoning Tib qonunlari , Maʼmun Аkademiyasiga bagʼishlangan oʼzbek, rus va oʼzbek tilidagi rangli suratlar bilan boyitilgan maʼnaviy, maʼrifiy hamda ilmiy ahamiyatga ega asarlar.