Kutubxona bu — kitobxonlarning ilmiy ishlari, darslari yoki badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladigan maskan. Mutolaa qilish bu 5-10 minut davom etadigan jarayon emasligini hisobga oladigan bo’lsak kitobxonning chanqashi yoki biroz bo’lsada tmaddi qilishlariga zarurat tug’ilishi tabiiy hol. Chunki kitobxon o’zi istagan ma’lumotni topishi uchun soatlab mutolaa qilishi mumkin va chanqog’ini qondirish yoki tamaddi qilish uchun kutubxonadan chiqib yaqin atrofdagi taomgohlarga borishi unga noqulaylik tug’diradi hamda chalg’tadi. Shularni hisobgan holda kutubxonamizda «Book Cafe» tashkil qilinishi loyilashtirilmoqda. Ushbu «Book Cafe»da nafaqat issiq choy yoki kofe ichishingiz balki bir piyola choy ustida suhbat qurishingiz, turli g’oya va rejalaringizni muhokama qilishingiz ham mumkin bo’ladi.