Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
Ma’rifat  jarchisi Mahmudxо‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlanadi
Iyul 08, 202508.07.2025
0

Ma’rifat jarchisi Mahmudxо‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlanadi

Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan.

Behbudiy umri davomida “Turkiston viloyatining gazeti”, “Tujjor”, “Samarqand” gazetalari va “Oyina” jurnalida yuzlab maqolalar yozgan. Ularda millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi qarashlarini ifoda etgan. “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jugʻrofiyai umroniy” (1905), “Risolayi jugʻrofiyoyi Rusiy” (1905), “Kitobat ul-atfol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi darslik va qoʻllanmalar muallifidir.

“Mahmudxо‘ja Behbudiy butun ongli faoliyatini о‘z xalqi baxtu-saodati uchun kurashga bag‘ishladi, milliy mustaqillik, iqtisodiy mо‘l-kо‘llik, ilm-ma’rifatni rivojlantirish, mustamlakachilik hokimi mutlaqchilikka bahram berish, buning uchun xalqni ommaviy ravishda bilimli, madaniyatli qilish uning oliy maqsadi edi. S.Ayniy sо‘zlaridagi iqtisodga oid fikrlarga e’tibor bersak, Behbudiy xuddi bugungi kunlarimizni kо‘rib turganday, tangligimizdan chiqish tо‘g‘risida о‘ylayotganday tuyuladi.”
Ahmad Aliyev

“Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, birinchidan, Mahmudxо‘ja Behbudiy nomi bilan bog‘liq.”
Akademik Naim Karimov

“Turkiston jadidlarining otasi, otashin ma’rifatparvar va vatanparvar Mahmudxо‘ja Behbudiy istiqlol yо‘lida qurbon bо‘lgan.”
Akademik Naim Karimov

“Mahmudxо‘ja Behbudiy XX asr bо‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyondasi, yangi davr о‘zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnomasi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, о‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist.”
Filologiya fanlari doktori Begali Qosimov

In Ko'rgazmalar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bilan hamkorlikda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Hayot uchun ibrat” mavzusida Ahmadali Asqarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bilan hamkorlikda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Hayot uchun ibrat” mavzusida Ahmadali Asqarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi27.10.2025
  • “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!
    “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami” munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi!21.10.2025
  • Фауна и система мониторинга позвоночных животных Сырдарьинской и Джизакской областей
    Фауна и система мониторинга позвоночных животных Сырдарьинской и Джизакской областей14.10.2025
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
    Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi13.02.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Iyul 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031  
« Iyun   Avg »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020