Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Mart 30, 202630.03.2026
0

Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi

Ko‘rgazmada Mirzo Ulug‘bekning mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” asari, astronomiya va matematika sohasiga oid ilmiy ishlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyatini yorituvchi tarixiy va zamonaviy adabiyotlar alohida o‘rin egallagan. Bundan tashqari, allomaning Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy faoliyati, o‘sha davr ilmiy muhitini aks ettiruvchi asarlar ham joy olgan.

Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk o‘zbek astronomi, matematik va davlat arbobi, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan. U Samarqandda hukmronlik qilgan va ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ulug‘bek tarixda eng mashhur olimlardan biri sifatida tanilgan. U Samarqandda Ulug‘bek rasadxonasini barpo etib, osmon jismlarini o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy ishlar olib borgan. Uning eng mashhur asari – “Ziji Ko‘ragoniy” bo‘lib, unda yulduzlar jadvali juda aniq hisob-kitoblar asosida keltirilgan. Bu asar uzoq yillar davomida Sharq va G‘arb olimlari uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Mirzo Ulug‘bek ilm-fanga qo‘shgan hissasi bilan jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim o‘rin egallaydi.

In Ko'rgazmalar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
    Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi30.03.2026
  • Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
    Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi30.03.2026
  • “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz”
    “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz”25.03.2026
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Mart 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  
« Fev    
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020