Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, dostonlari, publitsistik asarlari hamda tarjimalari keng o‘rin olgan. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy asarlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Shoir 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tavallud topgan. U o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, sermazmun va falsafiy ruhdagi she’rlari bilan keng kitobxonlar mehrini qozongan.
Abdulla Oripov 1983-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shu yili unga “O‘zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi. 1994-yilda Alisher Navoiy nomidagi respublika davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi, 1998-yilda esa shoir “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Abdulla Oripov O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifidir.
