Bugun konfrensiya doirasida 4 ta sho’ba o‘z ishini boshladi:
1-sho’ba
Mavzu: Axborot texnologiyalari asrida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
2-sho’ba
Mavzu: ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BIBLIOGRAFIK YOZUVLARNI YARATISH VA BIBLIOGRAFIK FAOLIYAT
3-sho’ba
Mavzu: Respublika axborot infratuzilmasini rivojlantirishda zamonaviy arxivlarning o’rni
4-sho’ba
Mavzu: «Kutubxona menejmenti va marketingni rivojlantirish muammolari va yechimlari» doirasidagi mavzular ko’rib chiqildi.
Kutubxona raxbari Berdiyeva Zuxra Shukurovna, Xalqaro konferensiyaga tashrifi chog’ida, ANDIJON VILOYATINING BOBUR nomidagi AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZiga tashrif buyurdilar!
Berdiyeva Zuxra Shukurovna kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va o’z bilim tajribalarini shogirdlari bilan o’rtoqlashishdilar. Kutubxona xodimlariga uzoq yillik kutubxona ishi tavsiyalarini berib o’tdilar.
BOBUR nomidagi AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
Qadrli ustoz shogirdlari davrasida
Kutubxona raxbari boshchiligida, xodimlar jamoasi mezbonlar bilan Andijondagi “Bog‘i Bobur” istirohat bog’ida ham bo’lishdilar. U yerda Bobur va Jahon madaniyati muzeyi joylashgan ekan, muzeyda ko’plab asori atiqalar va tarixiy, madaniy juda katta qadr-qimmatga ega bo’lgan kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.
Andijondagi “Bog‘i Bobur”ga sayohat