Mahmudxo‘ja Behbudiy – buyuk ma’rifatparvar, yozuvchi, publitsist, dramaturg va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida tugʻilgan.
Behbudiy umri davomida “Turkiston viloyatining gazeti”, “Tujjor”, “Samarqand” gazetalari va “Oyina” jurnalida yuzlab maqolalar yozgan. Ularda millat va Vatan, jamiyat va axloq haqidagi qarashlarini ifoda etgan. “Risolai asbobi savod” (1904), “Risolai jugʻrofiyai umroniy” (1905), “Risolayi jugʻrofiyoyi Rusiy” (1905), “Kitobat ul-atfol” (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi darslik va qoʻllanmalar muallifidir.
“Mahmudxо‘ja Behbudiy butun ongli faoliyatini о‘z xalqi baxtu-saodati uchun kurashga bag‘ishladi, milliy mustaqillik, iqtisodiy mо‘l-kо‘llik, ilm-ma’rifatni rivojlantirish, mustamlakachilik hokimi mutlaqchilikka bahram berish, buning uchun xalqni ommaviy ravishda bilimli, madaniyatli qilish uning oliy maqsadi edi. S.Ayniy sо‘zlaridagi iqtisodga oid fikrlarga e’tibor bersak, Behbudiy xuddi bugungi kunlarimizni kо‘rib turganday, tangligimizdan chiqish tо‘g‘risida о‘ylayotganday tuyuladi.”
Ahmad Aliyev
“Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, birinchidan, Mahmudxо‘ja Behbudiy nomi bilan bog‘liq.”
Akademik Naim Karimov
“Turkiston jadidlarining otasi, otashin ma’rifatparvar va vatanparvar Mahmudxо‘ja Behbudiy istiqlol yо‘lida qurbon bо‘lgan.”
Akademik Naim Karimov
“Mahmudxо‘ja Behbudiy XX asr bо‘sag‘asidagi Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyondasi, yangi davr о‘zbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnomasi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining yalovbardori, yangi maktab g‘oyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, о‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist.”
Filologiya fanlari doktori Begali Qosimov

