Ushbu kitobda o'rta asr musulmon Sharqining mashhur ensiklopedist olimlaridan biri Abu Bakr Muhammad Zakariyo Ar-Roziy (865-925) qalamiga mansub kimyoga oid asarning o'zbek tiliga ilmiy izohli tarjimasi berilgan.
Bu asar ilgari fanda noma'lum bo'lib 1950 yilda O'z. Res. FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida U.I. Karimov tomonidan 1506 yilgi qo'lyozmada topilgan.
Kitob sharqshunoslar, tarixchilar, kimyogarlar, oliy ta'lim professor-o'qituvchilar va talabalari hamda tarix faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Bo'lim: <span>Yangi kelgan kitoblar</span>
» URUSHNI ESLAB, XOTIRALAR QOLDIRAMIZ «
Kitob qamaldagi ocharchilikda halok bo'lganlar, o'lim lagerlarida tanalari kulga aylangan norasidalar, sevimli yoridan judo bo'lsada, so'ngi nafasigacha uning yo'lini poylagan sadoqat egalari, yurti uchun jonini tikkan o'g'lonlarimizning porloq xotirasiga bag'ishlanadi.
Ravshanbek Xonniyoz. Tanlash ixtiyori o’zingizda
Kundallik turmushda va biznes olamida yutuqlarga erishish ko'nikmalarini shakllantirish sirlari.
«Qutadg’u bilig so’zligi»
Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" masnaviysi qoraxoniylar davri adabiyoti va adabiy tilining, eski turk falsafasining bebaho yodgorligidir.
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlar katalogi
Ushbu katalogdan Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan 500 ta toshbosma asarning ilmiy tavsifi oʼrin olgan. Ular arab, fors va turkiy tildagi asarlar boʼlib, asosan, adabiyot, tarix,islom falsafasi, tilshunoslik, tibbiyot va boshqa sohalarga taalluqlidir
Avrodi Fathiya. Zikr va duolar majmuasi
Mazkur risolada ajdodlarimiz doimiy ravishda qoʼllab kelgan virdlarning (avrodlarning) keng tarqalgan nusxalaridan biri taqdim etilmoqda. Virdlar asosan nafl (qoʼshimcha) ibodatlar tarkibiga kirgan boʼlib, ular sufiylar ea umuman insonlarning ruhlarini poklashda, maʼnaviy yuksalishlarida xizmat qilgan.
Нуржанов A. A. ЭНТОМОПАТОГЕННЫЕ МИКРООРГАНИЗМЫ ПРЯМОКРЫЛЫХ НАСЕКОМЫХ
В книге рассматриваются вопросы изучения и практического применения энтомопатогенных микроорганизмов прямокрылых насекомых. Приводятся сведения о биоэкологических особенностях патогенов саранчовых Узбекистана.
O’zbekiston hududida tabiiy fanlar yo’nalishidagi ilmiy tadqiqot va ekspeditsiyalar (XIX asr – XX asr boshlari)
O'zbekistonda XIX asr - XX asr boshlarida tabiiy fanlar tarixiga oid mazkur asar O'zR FА Tarix institutida bajarilayotgan UzR Fan va texnologiyalar agentligining OTF 1135 raqamli «XIX - XX asr boshlarida o'zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: anʼanalar va transformatsiya jarayonlari» mavzuidagi fundamental loyihasi doirasida bajarildi.
Новейшая история Узбекистана (1991- 2016 гг.)
В монографии на основе изучения широкого круга материалов анализируются основные направления развития узбекского общества, особенности политических, экономических и социально-культурных трансформаций, международные отношения Республики Узбекистан в период 1991-2016 гг.
O’ZBEKISTONNING MODDIY VА NOMODDIY MEROSI АTАMАLАRI
Arx./ 2020-32
Ushbu qo'llanma "O'zbekiston moddiy madaniyati: saqlash, tadqiq va tadbiq etish tamoyillari" mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida tayyorlandi.









