Tadbirda yurtimiz mustaqilligining xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mamlakatimizda ilm-fan, ma’naviyat va kitobxonlik sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so‘z yuritildi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi ulkan maqsadlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, tadbir davomida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan, ilm-fan va kitobxonlik rivojiga, kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishga...
Bo'lim: <span>Tadbirlar</span>
Mustaqillik bayrami arafasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar
Mazkur yuksak e’tirof xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kitobxonlikni rivojlantirish, kitob va ilmiy manbalardan samarali foydalanishni targ‘ib etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, kutubxona faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarining munosib ifodasidir. Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, ilm-fan...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi – ilmiy izlanishlar maskani
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasidan olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va ilmiy xodimlar muntazam ravishda foydalanib kelmoqdalar. Kutubxona fondidagi boy ilmiy adabiyotlar tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari va faoliyatida muhim manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Kitobxonlar asosan ilmiy jurnallar, monografiyalar, kitoblar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar va ilmiy to‘plamlardan foydalanadilar. Fundamental kutubxona ilmiy bilimlarni izlash, o‘rganish va yangi tadqiqotlar olib borish uchun...
“Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun joriy yilning 4-iyun kuni FA Fundamental kutubxonasida professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Aziz Oppoqovich Toʻrayev tavalludining 90 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti boʻlib o‘tdi. Asarning yaratilish tarixi haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Mazkur kitob ustozning jurnalistlarga bergan ikki intervyusi asosida nashr etilgan...
“Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan...
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi. Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq...
“Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz”
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan milliy raqslar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Navroʻzning boy an’analari, qadriyatlari va xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yoritib berildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida joriy yilning 24-mart kuni tadbir tashkil etildi
Mazkur tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlar va foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari keng yoritildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur tavsiyalar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning xushyorligini...
FA Fundamental kutubxonasida Jamoat shartnomasi bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘rayev ochib berdi. Ma’muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan hamkorlikda olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. Kasaba uyushmasi raisi D.Husanova yil mobaynida rahbariyat bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash, mehnat muhofazasi mehnatiga haq to‘lash, mehnat qonunchiligi borasida batafsil tushuntirishlar berdi. Yig‘ilish davomida qizg‘in savol – javoblar bo‘lib o‘tdi, mavjud masalalar...
2026-yilning 20-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida akademik, navoiyshunos olim, aziz inson Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Kechada Aziz Qayumovning hamkasblari, shogirdlari, do‘stlari ishtirok etishdi. Ular akdemik haqidagi fikrlari, xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir juda maroqli, samimiy, do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Xotira kechasida ishtirok etganlar ustoz haqida juda ko‘p gapirish, eslash, yaxshi so‘zlar bilan xotirlash mumkinligini, akademikning har bir satri, har bir yozgan asari, odatlari yoshlar uchun ibratli ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek, akademikning hayoti...









