undefined

Tadbirda Аzizxon Qayumovning shogirdlari: filologiya fanlari doktori, professor Muhammadjon Imomnazarov, filologiya fanlari doktori, professor, Oʼzbekiston sanʼat va madaniyat instituti rektori Ibrohimjon Yoʼldoshev, filologiya fanlari nomzodi Maʼmura Rashidova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Sharifa Mirzaeva, Fotima Ikromova, qizlari Nazixa, domlaning rektorlik vaqtida ular bilan birga ishlagan professor-oʼqituvchilar va boshqalar oʼzlarining domla haqidagi iliq va samimiy xotiralari bilan ishtirok etdilar.
Xotiralarda ustozning pok va samimiy, xayrli umr yoʼllari, ijodiy faoliyati, buyuk bir insonligi, Navoiydek insoniy fazilatlari, Navoiy orzu qilganidek komil inson sifatida yodda qolganligi, ustozning har bir ishi, umrining har bir sahifasi hamma uchun ibratlarga boy ekanligi, domlaning juda katta maktab yaratib ketganligi esga olindi, eʼtiroff etildi.
Tadbirni kutubxona direktori , Аzizxon Qayumovning eng qadrli shogirdlaridan hisoblanmish Zuhra Berdieva olib bordi.
