Tilayman gullarning iforlarini,
Salobatli togʼlar viqorlarini,
Uniting dunyoning gʼuborlarini,
Navroʼz ayyomingiz muborak boʼlsin!
Navro’z bayramiga atalgan kechada «Xizmat ko’rsatish » bo’limi hodimlari faol qatnashishdi,bayram shukuhini beruvchi chiroyli sahna ko’rinishi tashkil qilindi va bayram dasturxoni yozildi. Bayram dasturxoni navro’z bayramida xalqimiz tomonidan sevib tayyorlanadigan an’anaviy, milliy taomlarimiz bilan bezatildi.
Navro’z bayramiga atalgan kechada chiroyli sahna ko’rinishlarida chiqishlar bo’ldi. Bunda texnik bo’lim boshlig’i Sobitov Eldor «Xizmat ko’rsatish» bo’limiga o’z yordamini ko’rstadi.
Tadbir ssenariysi
Аssalomu aleykum aziz xamkasblar, muhtarama opa singillar, ushbu moʼjazgina kechamizga xush kelibsizlar.
Kechagi kungacha choʼzilgan qish sovugʼi oʼrnini koʼklamga boʼshatib berdi. Dov-daraxtlar butogʼini bezab turgan oq va pushti gullar koʼngilda jaranglab aks sado taratayotgandek goʼyo.
“Zerikarli qishni baxor nafasi haydadi, musaffo baxor yana oʼz xukmiga kirdi”, buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Yusuf Xos Hojib navroʼzni shunday taʼriflaydi, asrlar oʼtaveradi, zamon oʼzgaraveradi, ammo fasl koʼrinishlari, inson tabiati oʼsha-oʼsha, oʼzgarishsiz qoladi…
Uchinchi ming yillikning navbatdagi navroʼzi, texnika asrida, axborot asrida, odamzod birzum tin oladi va bu yorugʼ jahonda haqning oʼzi yaratgan, tabiatdan-da aʼloroq kashfiyot yoʼqligiga amin boʼladi.
Аbu Rayhon Beruniy ham Navroʼz bayrami bilan bogʼliq koʼplab hikmatli fikrlarni yozganlar. Navroʼz tongida kimki shirinlik tanavvul qilsa, yil boʼyi uning umri shirin oʼtarmish. Kimki uch qoshiq asal yesa, koʼp kasalliklarga shifo toparmish.
Navroʼz xalqimizning yuragini va yorugʼ tuygʼularini, oʼlmas ruhi va maʼnaviyatini oʼzida yorqin namoyon etadigan eng qadimiy, eng ardoqli, asl milliy bayramimizdir, desak ayni haqiqatni aytgan boʼlamiz. Navroʼz aslida yangi kun, yangi fasl, yangi yil demakdir. Xalqimiz o’rtasida uni yilboshi ham deb atashadi. Navroʼzni biz qaysi nom bilan atamaylik, u haqiqattan ham millat bayrami boʼlib qolaveradi.
Navroʼz shunchaki bir bayram emas. U millatning tarixi, falsafasi, badiiyati va sanʼati, madaniyati, mifologik va dunyoviy qarashini, ilmiy tafakkur tarzini oʼzida mujassam etgan qomusiy bir ayyomdir.
Kechada viktorina savollari ham tashkil qilindi. Bunda Kutubxona hodimlari faol qatnashishdilar.
Viktorina savollari
1. Bahor darakchisi boʼlgan gul-(boychechak)
2. Eng birinchi gullaydigan daraxt-(bodom)
3. Erkaklar tomonidan tayyorlanadigan taom-(halm)
4. Soʼz koʼrki-(maqol)
5. Serjanjal uyda boʼlmaydigan narsa nima-(baraka)
6. Otdan tushsa xam egardan tushmaydigan odam-(oʼjar)
7. Mushukning bolasi –(humpar)
8. Saranjom –sarishta qizning roʼzgʼor buyumi (supurgi)
9. Turk nazmida mamlakatni yak qalam aylagan shoir-(А.Navoiy)
10. Yonmasa oʼtin yomon yoqolmasa… maqolni davom ettiring
11. Muchal har yili qaysi sanadan boshlanadi va nechta xayvon nomiga qoʼyilgan? (21-martdan, 12 xayvon)
12. Sumalak soʼzi qaysi tildan olingan va uning maʼnosi-(“Forscha”30 malak)
13. Аbu Аli ibn Sino esa baxor taomi boʼlmish sumalakni qanday isteʼmol qilishni tavsiya etgan? (obdon sovutib)
Navroʼz sanasiga oid qiziqarli fakt!
Muchal yili 12 xayvon nomi bilan ataladi. Muchal yili dastlab moʼgʼul, xitoy va turkiy xalqlar orasida, keyinchalik esa Osiyoning boshqa halqlari oʼrtasida tarqalgan.
Muchal xar yili 21 martda boshlanadi. Muchal yilining topish uchun kishining tugʼilgan yiliga 9 raqami qoʼshiladi va chiqqan yigʼindisi 12 ga boʼlinadi, qoldiq soni muchal yili tartib soni boʼladi.