Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish » va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PQ-5081-sonli qarorining ijrosi sifatida Fundamental kutubxonada 2021 yil 6 may kuni «Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas» nomi bilan davra suhbati oʼtkazildi.
Tadbir Oʼzbekiston Sanʼat va madaniyat instituti «Kutubxonashunoslik va axborotlashtirish» yoʼnalishi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda sohamiz fidoyilari, ustozlarimiz – akademik Аziz Qayumov, Gʼani Najimov, Hafiz Аbdusamatov, Gʼayrat Jalolov, Osiyo Qosimova, ustozlar-Hamid Аbdullaev, Аbdulla Muhammedov, Аlijon Erkaev, Muhabbat Аhmedbaeva, Boqibillo Karimov, Shuhrat Shamsiev, Musa Turapov, Malika Ulanova, Nabi Umarov, Baxtiyor Qodirov, Malohat Rahimova, Feruza Аbutova, Hamroxon Mamatraimova, Erkin Xudoyberdiev, Ergash Yoʼldoshev va boshqalar haqidagi yorqin va samimiy xotiralar oʼrtaga tashlandi.
Tadbirda marhum ustozlarimizning turmush oʼrtoqlari, farzandjlari, OʼDSMI rektori I.Yoʼldoshev, professor oʼqituvchilar , kutubxona jamoasi ishtirok etishdi.
Tadbir qiziqarli va samimiy ruhda oʼtdi. Oʼtganlarni xotirlash aziz va qimmatli qadriyat, shuning uchun biz shogirdlar ustozlarimizni, ularning oʼgit va nasihatlarini, ulardan olgan bilimlarimizni hech qachon unutmaymiz va doimo ulardan oʼrganib kelamiz.