Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxonaning rasmiy ochilish marosimi!
Avgust 30, 202231.08.2022
0

Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi kutubxonaning rasmiy ochilish marosimi!

   2018 yil avgust oyida Oqsaroy hududida Islom Karimov nomidagi kutubxona ish boshlagan edi. Mazkur maʼrifat maskani Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini abadiylashtirish boʼyicha qabul qilgan qarori asosida oʼz faoliyatini boshlagan.
   Kutubxonada Islom Аbdugʼanievich Karimovning asarlaridan tashqari, tarixchi, faylasuf, siyosatshunos olimlarning Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga oid qoʼlyozmalari, badiiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar keng jamoatchilikka taqdim etilgan.

    Oʼtgan vaqt davomida kutubxonani texnik va texnologik jihatdan jihozlash, kitoblar fondini yanada boyitish, kitobxonlarga xalqaro mezonlarga toʼliq javob beradigan shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida keng koʼlamli ishlar bajarildi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi asnosida mutlaqo yangi qiyofadagi zamonaviy, avtomatlashtirilgan kutubxonani shakllantirishga erishildi.
Tadbirda yozuvchi va shoirlar, ilm-fan arboblari, vazirlik va idoralar, nodavlat, notijorat tashkilotlar xodimlari, poytaxtimizdagi kutubxonalarning yetakchi mutaxassislari, yurtimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari, OАVi xodimlari ishtirok etdilar.

   Yodgorlik majmuasining rahbari Temur Shirinov tashrif buyurganlarni qutlab, Islom Karimov tomonidan xalqimizning maʼnaviy uygʼonishi, oʼzligini anglashi, yurtimizning buyuk tarixi, milliy madaniy merosimizni tiklash yoʼlida amalga oshirilgan mislsiz saʼy-harakatlarga batafsil toʼxtaldi. Islom Karimov obrazini yaratishda ijodkorlar, xususan adabiyot ahlining shu kunlardagi xizmatlarini yuksak baholadi.
      Tatyana Аkbarovna mazkur kutubxona Prezident Shavkat Mirziyoevning Birinchi Prezident xotirasiga nisbatan hurmati va eʼtiborining yorqin namunasi ekanligini alohida taʼkidlab, Islom Karimov boshlab bergan yoʼlda sobitqadam boʼlib, Yangi Oʼzbekiston tarixini yaratish, mamlakatimizning ilmiy-maʼrifiy salohiyatini oshirishga munosib hissa qoʼshayotgan hamyurtlarimizga, xususan, respublika kutubxonachilariga muvaffaqiyatlar tiladi. Birinchi Prezident Islom Karimov nomidagi kutubxonaning ochilishi bilan barchani samimiy muborakbod etdi.

 

   Yangi maʼrifat maskani faoliyatiga doir, kutubxona rahbari Dilorom Shukurova tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar yigʼilganlarda katta qiziqish uygʼotdi. “Oltin meros” xalqaro xayriya fondi raisi Аmirqul Karimovning “Istiqlol tarixidan lavhalar” kitobining taqdimoti hamda, OʼzFА fundamental kutubxonasining direktori Zuhra Berdiyeva tomonidan ta

yyorlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov biobibliografiyasi” kitobining taqdimoti eʼtiborga molik yangiliklar sifatida qarshi olindi. Soʼzga chiqqanlar, hech shubhasiz, mazkur kutubxona Mustaqillik asoschisi, zamonamizning yetuk siyosatchisi, buyuk davlat arbobi, Oʼzbekiston Qahramoni – Islom Аbdugʼanievich Karimovning maʼnaviy merosini oʼrganish, bu yoʼnalishda ilmiy izlanishlar olib borish uchun maʼlumotlarga boy maʼrifat xazinasi boʼlib xizmat qilishiga ishonch bildirdilar. Buyuk tariximiz, benazir maʼnaviy merosimiz, ulugʼ ajdodlarimiz, xususan mana shu bebaho neʼmatlarni xalqimizga inʼom etgan oʼz yurtining chinakam vatanparvari, oʼz xalqining sodiq farzandi Islom Karimovga bagʼishlangan videofilьm tadbir qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

In Tadbirlar,Yangiliklar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Nurali Qobil ijodiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha
    Nurali Qobil ijodiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha01.03.2023
  • “Boburiylar saltanati” nomli kitob ko‘rgazmasi
    “Boburiylar saltanati” nomli kitob ko‘rgazmasi14.02.2023
  • Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi
    Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi14.02.2023
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi
    Tohir Malik ijodiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi13.02.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Avgust 2022
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  
« Iyun   Dek »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020