Bugun 2024-yil 28-fevral kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi hamda Toshkent shahar Olmazor tumani Quyosh mahalla kutubxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayevning 90 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Yaxshilik deb yashayman” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Normurod Narzullayev – 1934-yil 7-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan. Shoir, jurnalist, tarjimon. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, “Shuhrat” medali sohibi. 2006-yil 28-mart kuni Toshkent shahrida olamdan o‘tgan.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning ijodiy merosi, sermazmun hayoti va ijtimoiy faoliyatining xalq ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirishdi.









