Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan milliy raqslar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Navroʻzning boy an’analari, qadriyatlari va xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yoritib berildi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.






