Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
ZUHRA SHUKUROVNANING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI
Sentabr 29, 202629.09.2026
0

ZUHRA SHUKUROVNANING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI

Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori, ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Zuhra Shukurovna Berdiyevaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Zuhra Shukurovna Berdiyeva 1956-yil 28-sentabrda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavallud topgan. 1974–1978-yillarda Toshkent davlat madaniyat institutida tahsil olgan. 2011-yil 1-avgustdan buyon Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Zuhra Shukurovnaning qariyb yarim asrlik kutubxonachilik faoliyati davomida ilm-fan, ma’rifat va kitobxonlik rivojiga katta hissa qo‘shgan. U “Abdulla Qahhor”, “Alisher Navoiy”, “Oybek” bibliografiyalari, “Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar bibliografiyasi” kabi muhim nashrlarni tayyorlashda ishtirok etgan. Shuningdek, “Kutubxonashunoslik” darsligi hamda 30 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanma va maqolalar muallifidir.

Uning ko‘p yillik samarali mehnati munosib e’tirof etilib, “Mehnat faxriysi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi”, “Axborot-kutubxona a’lochisi” kabi faxriy nishon va e’tiroflarga sazovor bo‘lgan.

Yubiley tadbirida Zuhra Shukurovnaning hayot yo‘li, mehnat faoliyati, kutubxona va kitobxonlik sohasiga qo‘shgan hissasi haqida samimiy fikrlar bildirildi. U kishiga uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borish, yosh avlodni kitobga va ilm-ma’rifatga oshno etish yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaklari bildirildi.

Zuhra Shukurovna Berdiyevani 70 yoshli yubileyi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat hamda kelgusi faoliyatlarida yangi yutuqlar tilaymiz!

In Tadbirlar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • ZUHRA SHUKUROVNANING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI
    ZUHRA SHUKUROVNANING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI29.09.2026
  • YANGI KELGAN ADABIYOTLAR
    YANGI KELGAN ADABIYOTLAR14.09.2026
  • Akademik Vosil Qobulov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi
    Akademik Vosil Qobulov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi10.09.2026
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • Seni va’da qilgandi hayot. Elchin Safarli
    Seni va’da qilgandi hayot. Elchin Safarli29.10.2021

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Sentabr 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930  
« Avg    
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020