Mazkur yuksak e’tirof xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kitobxonlikni rivojlantirish, kitob va ilmiy manbalardan samarali foydalanishni targ‘ib etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, kutubxona faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarining munosib ifodasidir.
Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, ilm-fan taraqqiyoti va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi ezgu faoliyatlarida yangi zafarlar yor bo‘lsin!





