Tadbirda yurtimiz mustaqilligining xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mamlakatimizda ilm-fan, ma’naviyat va kitobxonlik sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so‘z yuritildi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi ulkan maqsadlar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir davomida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan, ilm-fan va kitobxonlik rivojiga, kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi va tashabbuskor xodimlar taqdirlandi. Ularning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga bo‘lgan sadoqati va kutubxona rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida e’tirof etildi.
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaydi!







