Buyuk mutasavvif shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Аttorning ushbu asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar boʼlib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoullohlarning hayoti, kashfu karomatlari, turli tasavvufiy istilohlar – shariat, tariqat, maʼrifat, tavakkul, rizo, sabr, shukr kabilarga ularning qarashlari bayon etilgan.
Tazkirada allomalarning oʼz ilmiy-nazariy qarashlari va taʼlimotini asoslash, tasdiqlash maqsadida tarixiy voqealar, hayotiy tajriba, oʼtnish mashoyixlarining ibratli kechmishlari hikoya, masal va naqllar bilan tasnif etilgan. Kitobdan oʼrin olgan tarixiy lavhalar juda jonli va taʼsirchanligi bilan asarni yuksak badiiy ijod namunasi darajasiga koʼtargan. Ushbu asar tarixiy manbadan koʼra badiiy asar sifatida qimmatli hamda tasavvuf tarixi va nazariyasi, amaliyotini oʼrganishda juda katta ahamiyatga ega.