Mazkur kitob Sohibqironning dunyoga kelishidan to vafotiga qadar boʼlgan davrni qamrab olib, voqealar Аmir Temur nomidan hikoya qilinadi.
Ushbu kitob Amir Temur haqida yozilgan kitoblarning eng yaxshisi hisoblanadi va o'quvchiga sodda, tushunarli qilib yozilgan.
Umarali Normatov. Bibliografiya
2021 yil "Mumtoz so'z" nashriyotida atoqli adabiyotshunos olim Umarali Normatovning 90 yilligiga bag'ishlangan 238 sahifalik to'plam nashrdan chiqdi.
Irzayev B. Qo’qon tarixidan lavhalar
Kitobda XX asr boshida o'zbek adabiyoti va san'atining azaliy o'choqlaridan biri bo'lgan Xo'qandi latifdan yetishib chiqqan olimu murabbiylar, davlat va jamoat arboblari, shoiru jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qatag'on siyosati oqibatida mahv etilishi qalamga olingan.
Qo’ng’irotov N.
Kitob o'z yurti, qishlog'i, eli, ota-bobolari tarixi va taqdiriga befarq bo'lmagan barcha o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
Huang Jongjing. Fundamental ta’lim taraqqiyotining xitoycha usuli
Kitob o'qituvchi va murabbiylar, ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Tazkirat ul-avliyo. Farididdin Attor
Ushbu kitob Oʼzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabridagi «2010 – 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish, asrash, targʼib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi» asosida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 543 -sonli xati bilan nashrga tavsiya etilgan.
Monografiya. Sherali Qo’ldashev
Ushbu monografiyada Qo'qon xonligi (1709 - 1876) va Sharqiy Turkiston o'rtasida kechgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar tarixi yoritilgan.
FA Fundamental kutubxonasi fondi uchun muallifdan!
Ushbu monografiya Milliy universitet talabasi Tanieva G. M. tomonidan, XVI-XIX asr birinchi yarmida Islomdagi beshta farzlardan biri — Makkadagi Kaʼbani ziyorat qilish maqsadida O'rta Osiyodan amalga oshirilgan haj safarlari tarixi masalasi yaxlit tadqiqot obʼekti sifatida ilk bor o'rganildi.
Mening hayotim. Henri Ford
Dunyoning yuzlab mamlakatlarida millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yoʼlini joriy etgan, АQSh avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan.
Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida koʼplab asarlar bitilgan. Bu kitob uning oʼzi yozgan, yorqin, timsolli, qatʼiyat va ilhom bilan bitilgan asardir.