Yig‘ilishda kutubxona direktori Z.Berdiyeva va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi M.O‘razovalar 2024-yilda hamkorlikdagi ishlar yuzasidan gapirib o‘tdilar. Darhaqiqat bugungi kunda kutubxonani umumiy ahvoli qoniqarli darajada emasligi, barcha xodimlar umumiy xonaga joylashgan holda ish faoliyatlarini olib borilayotganligi, biroq barcha vazifalar o‘z vaqtida bajarilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy himoyalash va qo‘llab quvvatlash borasida takliflar bildirildi. So‘ngra kasaba uyushmasining o‘tgan hisobot davrida olib borilgan ishlari yuzasidan qo‘mita raisi M.O‘rozova axboroti tinglandi. Yig‘ilishda muhokamada so‘zga chiqqanlar kasaba uyushmasining o‘tgan davr mobaynida olib borilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini ma’qullab qoniqarli deb topishdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.





