Ushbu to‘plamdagi hikoyalarda yaqin o‘tmish davridagi salbiy munosabatlarni, xalqimiz boshidan kechirgan azob-uqubatli yillarni yoritishga harakat qilingan. Ularning noxush oqibatlari muallifning boshidan o‘tkazgan va guvohi bo‘lgan voqealar jonli tarzda tasvirlangan. Bu esa o‘sha davrning naqadar ayanchli, fojiali ekanligini ko‘rsatadi. Bu o‘quvchiga qanchalik ta’sir etish va hozirgi kunlarda shukronalik tuyg‘ularini uyg‘onishiga xizmat qilishi, shubhasiz. Xidirov, I. O‘tmishdan...
O‘z ishiga ixlos qo‘ygan kutubxonashunos va bibliograf
“Kutubxona.uz” ilmiy-uslubiy jurnalining 2024-yil 4-sonida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vazira Sobirovaning Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori, Turon Fanlar akademiyasi akademigi Zuhra Shukurovna Berdiyeva haqida “O‘z ishiga ixlos qo‘ygan kutubxonashunos va bibliograf” nomli maqolasi chop etildi.
Biobibliografiya
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi va O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi xodimlari tomonidan tayyorlangan ushbu biobibliografiyada O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Bobur nomli xalqaro jamoat fondi rayosat a’zosi, “Bobur va dunyo” jurnali tahrir hay’ati a’zosi,...
Abdulla Qodiriy ma’naviy qarashlarining ruscha tarjimalardagi in’ikosi
Ushbu monografiya O‘zbek romanchiligi maktabining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligiga bag‘ishlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universitetida tayyorlangan mazkur monografiya atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tgan kunlar” asarining rus tiliga qilingan tarjimalarini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan. “O‘tgan kunlar” romanining turli tarjimonlar amalga oshirgan tarjimalari...
O‘zbekiston davlatchiligi tarixida yashab o‘tgan buyuk alloma va davlat arboblarining iqtisodiy qarashlari
Ushbu kitob iqtisodiy tafakkurning rivojlanish jarayoni katta tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Kitob ko‘hna tariximizga daxldor, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Al-Marg‘iloniy, Amir Temur, Shohanshoh Afrosiyob, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdullaxon II, Abulg‘ozi Bahodirxon, Ogahiy, Amir Yalanto‘sh kabi buyuk allomalar va davlat arboblarining iqtisodiy qarashlari va islohotlari haqida keng ma’lumot beradi. Unda yoritilgan...
O‘zbekiston davlat moliyasining 3000 yillik tarixi
Yirik monografiyalar, risolalar va yuzlab ilmiy maqolalar muallifi mahoratli murabbiy, iqtisodiyot fanlari nomzodi Zuhra Hikmat (Sabirova)ning qo‘lingizdagi “O‘zbekiston davlat moliyasining 3000 yillik tarixi” nomli asarida 100 ga yaqin podishohlarning faoliyati va xazinalarining harakati, ijtimoiy-siyosiy kechmishi o‘z aksini topgan. Unda yoritilgan O‘zbekiston davlat moliyasining 3000 yillik tarixi xalqimiz ijtimoiy hayotining o‘ziga xos salnomasidir. Kitob oliy ta’lim...
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi
Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tavallud topgan. Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara olgan va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan.
Buyuk shoir va mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi
Chinabod sanatoriyasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Zuhra Berdiyeva Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlari munosabati bilan ma’ruza qildi hamda ularning hayoti va ijodi haqida ishtirokchilar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zlarida: “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutadi. Ulugʻ shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun...