Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahri “Samarqand darvoza” mahallasida tavallud topgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan asarlari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.