Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Özbekiston Fanlar akademiyasining taşkil topişi, rivojlaniş tarixi va bugungi ilmiy faoliyatiga bağişlangan “Özbekiston Fanlar akademiyasi: keça va bugun” nomli kitob körgazmasi taşkil etildi. Körgazmadan Özbekiston Fanlar akademiyasining ilm-fan taraqqiyotidagi örni, akademiklar va olimlarning ilmiy merosi, şuningdek, fan va texnika rivojiga qöşgan hissasi aks etgan ilmiy adabiyotlar, kitoblar hamda naşrlar örin oldi.
Author: Admin (Admin FAFK)
21-oktabr – Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Til – millatning tarixiy-madaniy merosi” nomli kitob körgazmasi taşkil etildi
Körgazmadan özbek tilining tarixi, rivojlaniş bosqiçlari, boy luğaviy tarkibi, milliy adabiyotimiz va ma’naviy-madaniy merosimizga oid ilmiy, badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar örin oldi. Mazkur körgazma ona tilimizning milliy özlik va ma’naviy qadriyatlarimizni asraşdagi beqiyos örnini keng tarğib etiş, kitobxonlarning özbek tili va adabiyotiga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi. Ona tilimiz – millatimizning bebaho ma’naviy boyligi...
IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 6-oktabr kuni taniqli kinorejissyor, ssenariynavis, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ergashev Isamat Isaqovich bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida mehmonning ijodiy faoliyati, kino va teatr san’atidagi ko‘p yillik tajribasi, yaratgan asarlari hamda milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli fikr va mulohazalar bildirildi. Samimiy ruhda...
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Ustozga hurmat – ilmga hurmatdir” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmadan yurtimiz ilm-fani va ta’lim-tarbiya rivojiga munosib hissa qo‘shgan atoqli olimlar, ustoz va murabbiylarning hayoti, ilmiy-ijodiy faoliyati hamda boy ilmiy merosiga oid adabiyotlar o‘rin oldi. Barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
ZUHRA SHUKUROVNANING 70 YILLIK YUBILEYI NISHONLANDI
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori, ko‘p yillik fidokorona mehnati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Zuhra Shukurovna Berdiyevaning 70 yillik yubileyi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Zuhra Shukurovna Berdiyeva 1956-yil 28-sentabrda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tavallud topgan. 1974–1978-yillarda Toshkent davlat madaniyat institutida tahsil olgan. 2011-yil 1-avgustdan buyon Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasiga rahbarlik qilib kelmoqda....
YANGI KELGAN ADABIYOTLAR
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Barchani yangi adabiyotlar bilan tanishishga taklif qilamiz!
Akademik Vosil Qobulov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida atoqli matematik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Vosil Qobulov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan olimning ilmiy merosi, ilmiy asarlari hamda hisoblash matematikasi, algoritmlash, inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmologik inshootlar muammolariga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar o‘rin olgan. Shuningdek, raqamli algoritmlar va hisoblash texnikasiga oid ilmiy...
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Tadbirda yurtimiz mustaqilligining xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, mamlakatimizda ilm-fan, ma’naviyat va kitobxonlik sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so‘z yuritildi. Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va kelajakdagi ulkan maqsadlar alohida e’tirof etildi. Shuningdek, tadbir davomida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan, ilm-fan va kitobxonlik rivojiga, kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirishga...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Mustaqillik – buyuk ne’mat!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Mazkur ko‘rgazmadan O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyoti, xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari hamda Vatanimizning bugungi rivojlanish yo‘lini aks ettiruvchi kitob va nashrlar o‘rin oldi.
Mustaqillik bayrami arafasida Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar
Mazkur yuksak e’tirof xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kitobxonlikni rivojlantirish, kitob va ilmiy manbalardan samarali foydalanishni targ‘ib etishga qo‘shayotgan munosib hissasi, shuningdek, kutubxona faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi fidokorona xizmatlarining munosib ifodasidir. Barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu munosib e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, ilm-fan...









