Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sohamiz fidoyilari” turkumi ostida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Sentabr 24, 202524.09.2025
0

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sohamiz fidoyilari” turkumi ostida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi tomonidan Turon Fanlar akademiyasining faxriy akademigi, “Kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni sohibasi, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasining direktori Zuhra Beridiyeva ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi.

“Sohamiz fidoyilari” turkumi ostida tashkil etilgan mazkur ma’rifiy tadbirda institut professor-о‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar.

Uchrashuvda Zuhra Beridiyeva kutubxonachilik sohasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar xususida gapirar ekan, ushbu kasb, uning jamiyatda tutgan о‘rni va roli haqida, qolaversa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga alohida baho berdi.

Shuningdek, notiq Fundamental kutubxonasi tomonidan bugungi kunda qilinayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Xususan “Akademik Azizxon Pо‘latovich Qayumov bibliografiyasi”, “Alisher Navoiy bibliografiyasi”, “Erkin Vohidov bibliografiyasi”, “Bobur va Boburiylar bibliografiyasi”, “Abdulla Qahhor bibliografiyasi” kabi kо‘rsatkichlarning tayyorlanish tarixi va nashr etilishiga bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Uchrashuv yakunida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. О‘ylaymizki, mazkur ijodiy uchrashuv talabalarni kutubxonachilik kasbini egallashda va ularning ilmiy izlanishlarida muhim poydevor bо‘lib qoladi.

In Tadbirlar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi OAV nigohida
    Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi OAV nigohida26.01.2026
  • 2026-yilning 20-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida akademik, navoiyshunos olim, aziz inson Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
    2026-yilning 20-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida akademik, navoiyshunos olim, aziz inson Aziz Qayumov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi21.01.2026
  • Azizxon Qayumov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi
    Azizxon Qayumov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Aziz yurtning aziz insoni” nomli xotira kechasi19.01.2026
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Sentabr 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930  
« Avg   Okt »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020