Tadbirda Qibray tumani hokimligining vakillari, Qibray tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari, Qibray tumani Bo‘ston MFY raisi, Ichki ishlar vazirligining 2-sonli akademik litseyi talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Fundamental kutubxonasi vakillari va Bo‘stonliq tumani 54-maktab qoshida ochilgan “Yosh Temurbeklar” NTM tinglovchilari va ma’muriyati, O‘rta Chirchiq tumani 71-maktab qoshidagi “Yosh Temurbeklar” NTM tinglovchilari va ma’muriyati, Qibray tumani 11-maktab ma’muriyati qatnashdilar.
Tadbirda har bir guruh o‘quvchilari o‘zlarining harbiy bilimlarini namoyish qildilar. Har bir o‘quvchiga bayram sovg‘alari tarqatildi. Fundamental kutubxona rahbariyati yoshlarga vatanparvarlik namunasi Jaloliddin Manguberdi haqidagi risolani sovg‘a qildilar.




