Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari Sizlarni kasb bayramingiz 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!
Jamiyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi mas’uliyatli va fidokorona mehnatingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, ijodiy yutuqlar, kasbiy muvaffaqiyatlar va oilaviy farovonlik tilaymiz!
Ushbu bayram munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan ommaviy axborot vositalari tarixi, jurnalistika rivoji, matbuot erkinligi hamda sohaga oid ilmiy, publitsistik va badiiy adabiyotlar o‘rin olgan.
Ijodiy yutuqlar Sizlarga doimo hamroh bo‘lsin!
