O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan...
Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada olimning ilmiy faoliyati, zoologiya fanini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda boy ilmiy merosini yorituvchi kitoblar,...
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi. Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas. Qadr – abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmada urush va mehnat faxriylarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar, xotira va qadrlash mavzusidagi kitoblar, maqolalar to‘plamlari o‘rin olgan. “Xotira muqaddas. Qadr – abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasidagi adabiyotlarda tarixga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari keng yoritilgan.



