Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 6-oktabr kuni taniqli kinorejissyor, ssenariynavis, teatr va kino aktyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Ergashev Isamat Isaqovich bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mehmonning ijodiy faoliyati, kino va teatr san’atidagi ko‘p yillik tajribasi, yaratgan asarlari hamda milliy san’at rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qiziqarli fikr va mulohazalar bildirildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar san’at va adabiyotning inson ma’naviyati, dunyoqarashi hamda estetik tafakkurini shakllantirishdagi o‘rni haqida suhbatlashdilar. Mehmon o‘zining hayotiy va ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ishtirokchilarning savollariga javob berdi.
Tadbir yakunida kitobxonlik, milliy madaniyat va san’atni targ‘ib etishga qaratilgan bunday ijodiy uchrashuvlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.


