Joriy yilning 12-may kuni Samarqandda “Nurafshon” konsert zalida Finlandiya konferensiyasi bilan hamkorlikda “QUALITY PUBLICATION” nashriyoti uyi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limdagi muvaffaqiyatlar uchun” nomli xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan 500 dan ortiq mehmon va taqdirlanuvchilar ishtirok etishdi. Ushbu forumda Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi mutaxassislari faol ishtirok etishdi hamda diplom va guvohnomalar bilan taqdirlandilar.
Author: Admin (Admin FAFK)
“Xotira va qadrlash” kuni bilan barchangizni tabriklaymiz!
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni 9 may – “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi chin yurakdan tabriklaydi! Ushbu kun Vatanimiz ozodligi, tinchligi va farovon kunlar uchun jon fido qilganlarni yod etish, qadrlash, sharaflash kunidir. Sizlarga kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlar, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Xalqimiz omon bo‘lsin!
Fanlar akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik Bexzod Yuldashev tavalludining 80 yillik yubileyiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi
Konferensiyada yurtimiz ilm-fanining yirik namoyandalaridan biri akademik Bexzod Yuldashev hayoti va ilmiy merosi e’tirof etildi. Ushbu konferensiyada akademikning yutuqlari, ilmiy maktabi va ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi.
Alouddin Buxoriy “Hayratul-L-Fuqaho” asarining islom manbashunosligida tutgan o‘rni
Ushbu monografiyada ming yillar davomida o‘zbek xalqining yashash tarzi, urf-odat va an’analariga singib ketgan islom dini hamda u bilan bog‘liq ilmiy merosni o‘rganish, keyingi avlodlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu kitob tarixga qiziquvchi tadqiqotchilar...
XX asr boshlarida Turkiston va milliy ziyolilar
XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy hamda iqtisodiy murakkab vaziyat, milliy zulm va mustamlakachilik kayfiyatining eng yuqori cho‘qqisiga yetishi turkistonlik milliy ziyolilarning hurriyat eshigini qattiqroq taqillatishlariga, xalqning haq-huquqlarini balandroq tovushlarda talab etishlariga olib keldi. Ushbu yo‘lda ular xalqning milliy mentalitetini yuksaltiradigan turli xil sohalarda xizmat faoliyatini olib bordilar. Ushbu kitob turkistonlik milliy ziyolilarning ana shunday murakkab jarayonlardagi...
Mustafo Cho‘qay
Ushbu kitobda Turkiston xalqining buyuk farzandi, jamoat va siyosat arbobi, tarjimon va noshir Mustafo Cho‘qayning shonli hayot yo‘li va faoliyati, hamda uning “Yosh Turkiston” jurnalida chop etilgan Turkiston Muxtoriyati, tarixiy siymolar, milliy istiqlol kurashi, milliy kadrlar masalasi hamda qishloq xo‘jaligiga doir maqolalari o‘quvchilarga taqdim etilgan. Shu bilan birga ushbu kitobda Mustafo Cho‘qayning “1917-yil xotira parchalari”...
Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
2025-yil 14-fevraldan Mehnat kodeksi yangi tahrirda amal qiladi. O‘zgartirishlar 13.02.2025 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1030-sonli Qonuni bilan kiritildi. Texnik o‘zgartishlar bilan birga, muhim yangiliklar ham bor. O‘zgartirishlar bo‘yicha Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Endi ish beruvchilar my.mehnat.uz orqali mehnat shartnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirishi mumkin. Bu hujjatlashtirish jarayonini soddalashtiradi va qog‘ozbozlikni kamaytiradi. Biroq,...
Z-avlod: umid, ishonch va xavotir manbai
Monografiyada yangi kommunikatsiya texnologiyalari va hayotning umumiy raqamlashuvi davri boshlanishi munosabati bilan zamonaviy axborot olamidagi, xususan, O‘zbekistondagi yoshlar fenomeni tadqiq etilgan. Ma’rifiy maqsadda kitob Z-avlod (zumerlar) orasida keng qo‘llanadigan jargon tushunchalar va iboralar lug‘ati kiritilgan. Ilovalarda muallif ishtirokidagi tadqiqotlardan olingan bir qator muhim xulosalar keltirilgan. Ushbu masalaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. Tashmuxamedova D....
Abdulla Qodiriy armonlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fan va texnologiyalar universitetining tillar kafedrasida tayyorlangan ushbu monografiya o‘zbek xalqining buyuk farzandi va atoqli adibi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Monografiyada berilgan nazariy fikrlar, takliflar va tavsiyalardan falsafa, siyosatshunoslik, etika va estetika, mantiq, tarix, siyosiy iqtisod, adabiyot, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, musulmon huquqi, yurisprudensiya...
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Kitob ko‘rgazmasi” tashkil etildi
Bugun, 9-aprel – buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘i (hozirgi Yakkabog‘ tumani)da dunyoga kelgan. Uning otasi Amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan....









