Nodir adabiyotlar! ???☔️
Bo'lim: <span>Kitoblar</span>
“Flora huquqi” o’quv darsligi 2 nusxada.
Ushbu darslikda flora huquqi fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, o'simlik dunyosiga nisbatan mulk huquqi, o'simlik dunyosini huquqiy muhofaza qilish,o'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanishni davlat tomonidan tartibga solish, flora qonunchiligini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, kamyob va yo'qolib borayotgan o'simlik dunyosining huquqiy holati, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy holati, xorijiy mamlakatlar flora huquqi kabi mavzular yoritilgan.
Tazkirat ul-avliyo. Fariduddin Attor
Kitob oʼzbek tiliga tarjima qilingan oldingi nashrlaridan mukammalligi va asliyatga hamohangligi bilan ajralib turadi.
Ushbu kitob Oʼzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabridagi «2010 – 2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obʼektlarini muhofaza qilish, asrash, targʼib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi» asosida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qoʼmitaning 543 -sonli xati bilan nashrga tavsiya etilgan.
Berdiyeva Zuhra Shukurovna tavalludining 65 yilligiga!
Ajoyib inson, kutubxonashunos va bibliograf, chuqur aql-zakovat va har taraflama qiziqish egasi O'zb. Res. FA Fundamental kutubxonasi rahbari Zuhraxon Shukurovna Berdiyevaning 65 yillik tavalludi munosabati bilan FA Fundamental kutubxonasining ilmiy-uslubiyot bo'limi tomonidan bibliografik ko'rsatkich tayyorlandi!
Samimiyat timsoli. Sayfullayev D.
Kitobda olima-ijodkor, san'at sohasidagi mohir pedagog, professor Adiba Nosirovaning hayoti va ijodi bilan bog'liq voqea hodisalar ustozlari, hamkasblari va shogirdlari tomonidan yodga olingan.
O’zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar. Xidirova N.
Ushbu to'plam OT A1 - 128 "7- 19 asr birinchi yarmi o'zbek davlatchiligi tizimida dargoh va devonlar faoliyati tarixidan" mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida 2018 yil 18 mayda o'tkazilgan konferensiya materiallari asosida tayyorlandi.
   O'z. Res. FA Tarix instituti ilmiy kengashining 2018-yil 26 oktyabr 12- sonli qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
O’z. Res. mustaqilliginig 30 yiligiga, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga, Temuriylar tarixi davlat muzeyining 25 yilligiga bag’ishlanadi.
9 aprel kuni Temuriylar tarixi Davlat muzeyida Sohibqiron Аmir temur tavalludining 685 yilligiga bagʼishlangan Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman boʼlib oʼtdi!
Aleksandr Dyuma. Ikki Diana
«Ikki Diana» – tarixiy-sarguzasht roman bo‘lib, XVI asr Fransiya tarixidagi ko‘plab tragik voqealarni aks ettiradi.
Fyodor Dostoevsky. JINOYAT VA JAZO
«Kambagʼallik ayb emas, biroq yoʼqchilik – illat. Birinchisida inson tugʼma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yoʼqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi»
 








