Ko‘rgazmada Mirzo Ulug‘bekning mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” asari, astronomiya va matematika sohasiga oid ilmiy ishlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyatini yorituvchi tarixiy va zamonaviy adabiyotlar alohida o‘rin egallagan. Bundan tashqari, allomaning Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy faoliyati, o‘sha davr ilmiy muhitini aks ettiruvchi asarlar ham joy olgan. Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk o‘zbek astronomi, matematik va davlat arbobi,...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, dostonlari, publitsistik asarlari hamda tarjimalari keng o‘rin olgan. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy asarlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Shoir 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tavallud topgan. U o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, sermazmun va falsafiy ruhdagi she’rlari bilan keng kitobxonlar mehrini qozongan....
“Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz”
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan milliy raqslar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Navroʻzning boy an’analari, qadriyatlari va xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yoritib berildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida joriy yilning 24-mart kuni tadbir tashkil etildi
Mazkur tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlar va foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari keng yoritildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur tavsiyalar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning xushyorligini...
“Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odatlarimiz, bahor faslining go‘zalligi hamda xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy an’analarga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yurtimizga...
21-mart – Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz yurtdoshlar, go‘zal diyorimizga kirib kelgan yangilanish va yasharish, yuksalish bayrami – Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Shu munosabat bilan barchangizga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik, omad va shodlik, olam-olam sevinch va baxt tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan,Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi!
Sen – bahorni sog‘inmadingmi?
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Sen – bahorni sog‘inmadingmi?” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmadan bahor faslining go‘zalligi, tabiatning uyg‘onishi, inson qalbidagi yangilanish va ilhomni tarannum etuvchi badiiy hamda ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ko‘rgazmada o‘zbek adabiyotining mashhur adiblari qalamiga mansub asarlar, she’riy to‘plamlar hamda bahor mavzusini yorituvchi kitoblar joy olgan. Barcha kitob ixlosmandlarini...
FA Fundamental kutubxonasida Jamoat shartnomasi bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishni Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Jo‘rayev ochib berdi. Ma’muriyat va kasaba uyushmasi tomonidan hamkorlikda olib borilgan ishlar sarhisob qilindi. Kasaba uyushmasi raisi D.Husanova yil mobaynida rahbariyat bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash, mehnat muhofazasi mehnatiga haq to‘lash, mehnat qonunchiligi borasida batafsil tushuntirishlar berdi. Yig‘ilish davomida qizg‘in savol – javoblar bo‘lib o‘tdi, mavjud masalalar...
Mir Alisher yonida…
Ushbu kitobda Navoiy g‘oyalarining, nazmiy an’analarining bardavomligi, she’riyatga ta’siri va o‘ziga xos talqini o‘zbek xalqining mashhur shoirlari Erkin Vohidov, Jamol Kamol va Omon Matjonlar ijodi misolida tadqiq etilgan. Hakimov, M. Mir Alisher yonida… : monografiya/ М. Hakimov. – Toshkent: Tafakkur, 2025. – 120 b.








