Kecha kuni FA Fundamental kutubxonasida umumiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Mannonov Bahodir Ataxanovichning 70 yillik yubileyi munosabati bilan chiroyli tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirlar

Tabriklash marosimi
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

50 yoshingiz qutlug’ bo’lsin!
Bugun Fundamental kutubxonada "Kitob saqlash" bo'limi hodimi Gulchira Kereevaning 50 yillik yubileyi munosabati bilan tabriklash marosimi bo'lib o'tdi!

Fundamental kutubxonada taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Kutubxona bibliografiya bo'limi boshlig'i lavozimida ancha yillardan buyon ish olib boruvchi Muzafarova Muhayyo Irkinovna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-maydagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

«Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas»
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi "Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʼrish " va uni oʼtkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi PQ-5081-sonli qarorining ijrosi sifatida Fundamental kutubxonada 2021 yil 6 may kuni "Xotira-oʼchmasdir, xotira -oʼlmas" nomi bilan davra suhbati oʼtkazildi.

Tarix fanlari doktori, professor А.А.Madraimov tavalludining 75 yilligiga bagʼishlanadi!
OʼzR FА Fundamental kutubxonasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi boʼlim mudiri tarix fanlari doktori, professor А.А.Madraimov tavalludining 75 yilligiga bagʼishlab olimning ilmiy izlanishlari mahsuli boʼlgan kitob va asarlari koʼrgazmasi boʼlib oʼtdi.

Vatanim abadiy boʼlsin Navroʼzing!
Fudamental kutubxona Navro'z bayramiga atab qiziqarli kecha bo'lib o'tdi. Kechani " Xizmat ko'rsatish" bo'limi hodimlari olib bordi.

Bugun Fundamental kutubxonada Bosh bibliograf Matmuradova Malika Isaevnaning 60 yillik yubileyi nishonlandi.
"Fundamental kutubxona jamoasi, kasaba uyushmasi Malika Isaevnani tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaydi, uzoq umr, sogʼliq-salomatlik, shaxsiy hayotidva va mehnat faoliyatida ijodiy barkamollik, zavq-shavq bilan ishlash lazzatini, kuch-qudrat va samimiy munosabatlarni tilaydi!"

Akademik To‘ra Mirzayev tavalludining 85 yilligi!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘ra Mirzayev tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil qilindi!

26-fevral kuni O’z.Res. FA Fundamental kutubxonasida kasaba uyushmasi qo’mitasi va ma’muriyat hamkorligida tadbir bo’lib o’tdi!
Tadbirda kutubxona hodimlari tomonidan 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining bajarilishi bo'yicha hisoboti berildi.


