Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
29 yoshing muborak aziz Bayrog’im!
Noyabr 18, 202018.11.2020
3

29 yoshing muborak aziz Bayrog’im!

«O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzi. Timsollar tilida bu — yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham moviy rangda edi.
Bayroqdagi oq rang — muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang — poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang — tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar — vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham.
Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi.

Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

In Yangiliklar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
    “Sharof Rashidov siyratiga chizgilar” nomli publitsistik asar taqdimoti bo‘lib o‘tdi04.06.2026
  • “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi
    “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi27.05.2026
  • Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
    Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi13.05.2026
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik
    Favqulodda vaziyatlar insituti bilan hamkorlik10.10.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

Noyabr 2020
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30  
« Okt   Dek »
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020