О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Kutubxona-axborot faoliyati” kafedrasi tomonidan Turon Fanlar akademiyasining faxriy akademigi, “Kutubxona a’lochisi” kо‘krak nishoni sohibasi, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasining direktori Zuhra Beridiyeva ishtirokida uchrashuv bо‘lib о‘tdi. “Sohamiz fidoyilari” turkumi ostida tashkil etilgan mazkur ma’rifiy tadbirda institut professor-о‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Uchrashuvda Zuhra Beridiyeva kutubxonachilik sohasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan...