Bugun, 14-fevral kuni jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va iste’dodli sarkarda – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlanmoqda. U nafaqat yirik davlat arbobi va sarkarda, balki betakror iste’dod sohibi, nozik didli ijodkor sifatida ham tarix sahifalaridan munosib o‘rin egallagan. Bobur qalamiga mansub Boburnoma asari jahon adabiyoti va...
