Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada olimning ilmiy faoliyati, zoologiya fanini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda boy ilmiy merosini yorituvchi kitoblar,...
Yil: <span>2026</span>
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi. Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira muqaddas. Qadr – abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmada urush va mehnat faxriylarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy, ilmiy-ommabop hamda badiiy adabiyotlar, xotira va qadrlash mavzusidagi kitoblar, maqolalar to‘plamlari o‘rin olgan. “Xotira muqaddas. Qadr – abadiy” nomli kitob ko‘rgazmasidagi adabiyotlarda tarixga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ulari keng yoritilgan.
Bugun, 9-aprel – buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, markazlashgan qudratli saltanat asoschisi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda
Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni tavallud topgan bo‘lib, o‘zining beqiyos jasorati, strategik tafakkuri va qat’iyati bilan ulkan saltanat barpo etgan. Uning hukmronligi davrida ayniqsa Samarqand shahri gullab-yashnab, ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik markaziga aylangan. Sohibqiron ilm ahliga, olimlar va san’atkorlarga alohida e’tibor qaratib, yurt taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Kuch adolatdadir” degan hikmatli so‘zlari bugungi kunda...
Buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 632 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmada Mirzo Ulug‘bekning mashhur “Ziji Ko‘ragoniy” asari, astronomiya va matematika sohasiga oid ilmiy ishlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyatini yorituvchi tarixiy va zamonaviy adabiyotlar alohida o‘rin egallagan. Bundan tashqari, allomaning Ulug‘bek rasadxonasidagi ilmiy faoliyati, o‘sha davr ilmiy muhitini aks ettiruvchi asarlar ham joy olgan. Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) – buyuk o‘zbek astronomi, matematik va davlat arbobi,...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
Ko‘rgazmada shoirning turli yillarda nashr etilgan she’riy to‘plamlari, dostonlari, publitsistik asarlari hamda tarjimalari keng o‘rin olgan. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy-adabiy asarlar ham kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Shoir 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tavallud topgan. U o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lib, sermazmun va falsafiy ruhdagi she’rlari bilan keng kitobxonlar mehrini qozongan....
“Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz”
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida Navroʻz bayrami munosabati bilan “Navroʻz – umummilliy bayramimiz va milliy qadriyatimiz” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari tomonidan milliy raqslar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali Navroʻzning boy an’analari, qadriyatlari va xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik fazilatlari yana bir bor yoritib berildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir...
Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Yong‘in xavfsizligi” oyligi doirasida joriy yilning 24-mart kuni tadbir tashkil etildi
Mazkur tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda xodimlar va foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash masalalari keng yoritildi. Mutaxassislar tomonidan yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur tavsiyalar bilan tanishdilar. Bu kabi tadbirlar fuqarolarning xushyorligini...
“Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Navro‘zi olam muborak!” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, qadimiy urf-odatlarimiz, bahor faslining go‘zalligi hamda xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi turli badiiy va ilmiy adabiyotlar o‘rin oldi. Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarda milliy an’analarga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yurtimizga...
21-mart – Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
Aziz yurtdoshlar, go‘zal diyorimizga kirib kelgan yangilanish va yasharish, yuksalish bayrami – Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Shu munosabat bilan barchangizga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik, omad va shodlik, olam-olam sevinch va baxt tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan,Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasi jamoasi!









