Maxsus imkoniyatlar
fban.uz fban.uz
  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish
“Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi
May 27, 202627.05.2026
0

“Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda aholi o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida 2026-yil 26-may kuni “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda kutubxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlari mutolaa qilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar, asarlar mualliflari hamda ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berdilar. Shuningdek, sohaga oid ilmiy maqolalar yuzasidan fikr almashilib, qiziqarli suhbat va mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati, dunyoqarashi va kasbiy faoliyatidagi o‘rni haqida alohida ta’kidlandi. Xodimlar tomonidan o‘qilgan asarlar yuzasidan tavsiyalar berilib, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasida taklif va muhokamalar olib borildi.

“Kitobxonlik soati” barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirib, kitob mutolaasi insonning ma’naviy ozuqasi ekanini yana bir bor namoyon etdi. Bunday tadbirlar kutubxona xodimlarining bilim va tafakkurini boyitish bilan birga, kitobxonlarga sifatli tavsiyalar berish hamda kitobga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

In Tadbirlar

Qidiruv

So’ngi yangiliklar

  • Latest
  • Popular
  • “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi
    “Kitobxonlik soati” tadbiri tashkil etildi27.05.2026
  • Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi
    Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi13.05.2026
  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
    9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi13.05.2026
  • Buyuk yurt allomalari
    Buyuk yurt allomalari30.11.2020
  • Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz
    Kitob-bizning do‘stimiz va boyligimiz23.05.2019
  • «Book cafe»ga nima diysiz?!
    «Book cafe»ga nima diysiz?!10.07.2018

Xizmatlar

  • Skanerlash
  • Chop qilish
  • Internet tarmog'i
  • Konsultatsiya
  • Mini tipografiya

Sayt xaritasi

  • Kutubxona
    • Hujjatlar
    • Faoliyat
    • Biz haqimizda
    • Kutubxona tarixi
  • Kitoblar
    • Yangi kelganlari
    • Xorijiy adabiyotlar
    • Nodir adabiyotlar
    • Dissertatsiyalar
    • Audio asarlar
    • Kitobxonlar sovg’asi
  • Yangiliklar
    • Qiziqarli ma’lumotlar
  • Tadbirlar
  • Maqolalar
  • Ko’rgazmalar
  • Bog’lanish

Kalendar

May 2026
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
« Apr    
Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi © 2020