Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida O‘zbekistonda zoologiya fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, biologiya fanlari doktori, professor Tesha Zohidov tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk olim” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada olimning ilmiy faoliyati, zoologiya fanini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda boy ilmiy merosini yorituvchi kitoblar,...
Maqola
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Fanlar akademiyasi Fundamental kutubxonasida “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Xotira kechasida kutubxonamiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan, o‘zining mehnatsevarligi, kasbiga sadoqati hamda insoniy fazilatlari bilan yorqin va o‘chmas iz qoldirgan ustoz va faxriy xodimlar yodga olindi. Tadbir davomida kutubxonamizda uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan sobiq direktor Umarov Nabi G‘aniyevich, direktor o‘rinbosarlari Qodirov Baxtiyor hamda Keryanova Taisya Yakovlevna, bosh bibliograf Jo‘rayeva Sora opa haqida iliq...

